Mersin Eski masjidi
Masjid | |
![]() | |
Mersin Eski masjidi | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Mersin viloyati, Oʻrta Yer dengizi mintaqasi |
Yoʻnalishi | sunniylik |
Binokorlik sanasi | 1870-yil |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Holati | amaldagi |
Mersin Eski masjidi (turkcha: Eski Cami) – Turkiyaning Mersin shahridagi masjid.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid shaharning biznes kvartalida joylashgan. Viloyat hokimiyati binosi masjiddan 200 metr (660 fut) sharqda, shahar hokimiyati esa 400 metr (1,300 fut) janubi-gʻarbda joylashgan. Masjidning ajralmas qismi boʻlgan Şavırvan favvorasi esa masjidga tutash holda qurilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIX asrda Mersin kichik shahar boʻlib, uning qirgʻoq chizigʻining katta qismi sulton Abdulmajid I ning onasi Bezmialem Sulton vafqiga tegishli edi. 1860-yillarda yangi sulton Abdulaziz ushbu vafq hududida masjid va favvora qurdirishga qaror qilgan. Favvora 1865-yilda, masjid esa 1870-yilda bunyod etilgan. Dastlab ular sulton Abdalazizning oʻgay onasi, vafq egasi Bezmialem Sulton nomi bilan atalgan. Hozirda bino Mersindagi eng qadimiy va hali ham faol foydalanilayotgan masjid boʻlib, rasmiy ravishda Eski Masjid deb ataladi[1].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mersin Eski masjidi bitta minoraga ega. Masjid qurilishi sulton buyrugʻiga binoan amalga oshirilgan boʻlsa-da, uning oʻlchamlari Istanbuldagi masjidlar bilan taqqoslanmaydi. Bino toʻrtburchak shaklda boʻlib, masjidning umumiy maydoni taxminan 600 m². Boshqa masjid gumbazlaridan farqli ravishda binoda gumbaz oʻrniga yogʻoch tom qurilgan[2]. Shuningdek, masjid mehrobi ham mavjud.
Masjid 1901, 1943 va 2008-yillarda taʼmirlangan[3]. Favvora boshqa masjidlardan farqli oʻlaroq hovlida emas, balki masjidning janubiy qismidagi Uray koʻchasiga qaragan holda qurilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ İçel Sanat Kulübü Periodical No.194, Nihat Taner:Sultan Aziz Çeşmesi, p.95
- ↑ Ecless com page
- ↑ Travel quide estanbul (turkcha)