Aziziye masjidi (Konya)
Masjid | |
![]() | |
Aziziye masjidi | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Konya (viloyat), Markaziy Anadolu mintaqasi |
Shahar | Konya |
Meʼmoriy uslub | Usmoniylar meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1872-yil—1874-yil |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Holati | amaldagi |
![]() |
Aziziye masjidi (turkcha: Aziziye Camii) – Turkiyaning Konya shahridagi Usmoniylar masjidi. Ustunli balkonga ega boʻlgan minorasi bilan mashhur boʻlib, bunday uslub turk masjidlarida kamdan-kam uchraydigan meʼmoriy xususiyatlardan hisoblanadi.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Konyaning Karatay tumanida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asl masjid 1671–1676-yillar[1] oraligʻida Sulton Mehmet IV ning qizi Hatice Sultonning eri Damat Mustafo posho tomonidan qurdirilgan. Ammo 1867-yilda yongʻin natijasida vayron boʻlgach, 1874-yilda Sulton Abdulazizning onasi Pertevniyal Sulton tomonidan qayta foydalanishga topshirilgan (Aziziye ismi Abdulazizga ishora qiladi).
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid XIX asr oʻrtalarida Balyan meʼmorlari sulolasi davrida hukm surgan Usmoniylar meʼmorchiligining eklektik uslubida qurilgan boʻlib, ampir va neoklassik meʼmorchilik shakllarni anʼanaviy Usmoniylar masjidi dizayni bilan uygʻunlashtirgan[2][3]. Minoralarining soni – ikkita. Har bir minorada şerefe (balkon) tomi ustunlar bilan mustahkamlangan va shu xususiyati bilan Turkiyadagi masjidlar orasida ajralib turadi. Boshqa masjidlardan farqli oʻlaroq, uning asosiy qavati baland qilib qurilgan boʻlib, u yerga chiqish uchun zinapoyalardan foydalaniladi. Bundan tashqari, masjid maydoni keng emas, hovlisi ham yoʻq. Xuddi shu sababdan ham shodirvonlar minoralarga yondosh qilib qurilgan. Namozxona toʻrtburchak shaklda, shifti katta gumbaz bilan qoplangan. Tashqi qismidagi uchta kichikroq gumbazlarni oltita marmar ustunlar koʻtarib turadi[4]. Masjidning yana bir oʻziga xos jihati uning derazalari eshiklardan kengroqligidir.
Asosiy qurilish materiali – kesilgan tosh. Mehrob va minbar qurilishida zangori marmardan foydalanilgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Kirish qismi
-
Mehrob
-
Masjid joylashgan koʻcha
-
Masjidning tungi koʻrinishi
-
Masjidning tashqi koʻrinishi
-
Masjidning jamoat joyi
-
Konya Aziziye masjididagi minora balkoni
-
Masjidning ichki qismi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Konya Index (turkcha)
- ↑ Kuban, Doğan. Ottoman Architecture (en). Antique Collectors' Club, 2010 — 582-bet. ISBN 9781851496044.
- ↑ Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture. New York: Thames & Hudson, 1971 — 424-bet. ISBN 0500274290.
- ↑ „Konya page“ (tr). 2013-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Aziziye masjidi (Konya) haqida turkum mavjud |