Kontent qismiga oʻtish

Zagan posho masjidi

Koordinatalari: 39°38′56″N 27°52′48″E / 39.6488075°N 27.8800449°E / 39.6488075; 27.8800449
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Zagan posho masjidi
turkcha: Zağnospaşa Cami
Zagan posho masjidi
Mamlakat  Turkiya
Hudud Baliqesir
Koordinatalar 39°38′56″N 27°52′48″E / 39.6488075°N 27.8800449°E / 39.6488075; 27.8800449
Meʼmoriy uslub klassik Usmoniylar meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1461-yil
Gumbazlar soni 1 ta asosiy,
4 ta yon gumbazlar
Gumbazlar soni 1 ta asosiy,
4 ta yon gumbazlar
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali yoʻnilgan tosh
Holati amaldagi
Zagan posho masjidi gumbazi
Zagan posho masjidi

Zagan posho masjidi (turkcha: Zağnospaşa Camii) – Turkiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Baliqesir shahridagi tarixiy masjid. 1923-yilda Mustafa Kemal Atatürkning mashhur „Baliqesir xutba“si oʻqilgan joy sifatida tanilgan.

Masjid 1461-yilda Usmoniylar davlati harbiy qoʻmondoni, asli alban boʻlgan sadri aʼzam Zagan posho tomonidan qurdirilgan. Masjid shahar markazida, Mustafo Faqih mahallasida joylashgan bu maqbara va hammomdan iborat majmuaning bir qismi hisoblanadi. 1897-yilda vayron boʻlgan masjid va qabr 1908-yilda mutasarrif (hokim) Ömer Alibey tomonidan qayta tiklangan[1].

Bino Baliqesirdagi eng katta masjid hisoblanadi. Kvadrat reja asosidagi ushbu masjid yoʻnilgan toshdan qurilgan. Masjidning bitta asosiy va toʻrtta yon gumbazi mavjud. Masjidga shimol, gʻarb va sharq tomonda joylashgan yogʻoch eshiklar orqali kiriladi. Masjid minorasi binoning shimoli-gʻarbiy burchagida joylashgan. U Balikesirning nufuzli oilalaridan biri boʻlgan Arabachioʻgʻullari sulolasidan Hoji Hofiz Afandi tomonidan hadya qilingan. Hovlida ikkita shodirvon va bitta maqbara mavjud.

1923-yil 7-fevralda Turkiyaning mustaqillik urushi tugaganidan koʻp oʻtmay (1919-yil 19-may – 1922-yil 11-oktabr) Baliqesirga tashrifi chogʻida oʻsha paytda Gʻozi Mustafo Kamol posho nomi bilan mashhur boʻlgan Mustafa Kemal Atatürk masjidda xutba oʻqigan[1][2].

  1. 1,0 1,1 „Zağnos Paşa Camisi (Paşa Camisi) ve Külliyesi (Merkez)“ (tr). Balıkesir İl Kültür ve Turizm Müdürlüğü (2014). Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  2. „Atatürk'ün Balikesir Hutbesi“ (tr). Balıkesir İl Kültür ve Turizm Müdürlüğü (2014). Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.