Mehrob
Qiyofa
Mehrob (arab. — harb joyi, janggoh; bu yerda namoz paytida shayton bilan imom oʻrtasidagi urush joyi maʼnosida) — masjidning Makka (Kaba)ga qarata yoʻnaltirib devor ichiga ishlangan ravoq shaklli joy, sajdagoh. yarim aylana, koʻp qirrali, toʻgʻri toʻrtburchak shaklda ishlanib, tepasi ravoq yoki yarim aylana shaklida bezaladi, atrofi hoshiyalangan boʻladi. Ayrim M.lar yogʻoch, ganch, naqshinkor marmar va koshinlar bilan qoplangan, badiiy bezakli ustunlar va ravokdi hoshiyalar bilan bezatilgan. M. islom dinining dastlabki davrlaridan mavjud. Namoz vaqtida imom M.ga oʻtib, kiblaga yuzlanadi va uning orqasidan jamoa boʻlib namoz oʻqiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |