Maltepe masjidi
Masjid | |
![]() | |
Maltepe masjidi | |
Mamlakat | ![]() |
Shahar | Anqara |
Yoʻnalishi | hanafiylik |
Meʼmor | Recai Akçay |
Binokorlik | 1954—1959 |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbaz balandligi | 30 m (98 ft) |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar balandligi | 50 m (160 ft) |
![]() |
Maltepe masjidi (turkcha: Maltepe Camii) – Turkiyaning Anqara shahridagi masjid. Kocatepe masjidi bilan bir qatorda Anqaradagi eng mashhur masjidlardan biri[1].
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b8/Photography_by_Victor_Albert_Grigas_%281919-2017%29_Ankara_Turkey_Mosque_Parade_March_1970_00247_%2837526082552%29.jpg/200px-Photography_by_Victor_Albert_Grigas_%281919-2017%29_Ankara_Turkey_Mosque_Parade_March_1970_00247_%2837526082552%29.jpg)
Masjid Anqaraning Maltepe mahallasida joylashgan. Gʻarbiy tomonda joylashgan Anıtkabirgacha taxminan 900 metr (3,000 fut), sharqda Sıhhiye maydonigacha boʻlgan masofa taxminan 600 metr (2,000 fut)ni tashkil qiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid qurilishi meʼmor Recai Akçay tomonidan rejalashtirilgan. Anqara munitsipaliteti tomonidan muqaddas hudud deb eʼlon qilingan. Poydevor qoʻyish marosimi 1954-yilda oʻtkazilgan, qurilish ishlari 1959-yilda yakunlangan[2].
Masjid binosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Binoning umumiy maydoni hovli bilan birga 7,019 square metre (75,550 kv ft)ni tashkil qiladi. Masjidning qurilish rejasi kvadrat shaklda boʻlib, har bir tomoni 20 metr (66 ft). Bino pol bilan isitiladi[3]. Yon devorlarining pastki 5 metr (16 ft)i keramika bilan qoplangan[4]. Masjidda bitta yashil gumbaz boʻlib, balandligi 30 metr (98 ft)ni tashkil qiladi. Har biri bittadan şerefe (balkon)ga ega boʻlgan minoralarning balandligi 50 metr (160 ft)ni tashkil qiladi.