Diyorbakir
Qiyofa
Diyorbakir — Turkiya janubisharqidagi shahar, Diyorbakir elining maʼmuriy markazi. Dajla daryosi sohilida. Aholisi 448,3 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, elektr mashinasozligi, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Diyorbakirdan shimoligʻarbda mis va xrom rudalari olinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |