Oʻzbekiston — Turkmaniston munosabatlari
Oʻzbekiston |
Turkmaniston |
Oʻzbekiston — Turkmaniston diplomatik aloqalari 1993-yil 7-fevralda oʻrnatildi. Oʻzbekiston Ashxobodda elchixonaga ega. Turkmaniston Toshkentda elchixonaga ega.
Adabiy va madaniy aloqalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbek va turkman xalqlari azaldan iqtisodiy, madaniy va adabiy aloqada boʻlib kelganlar. Alisher Navoiyni turkman xalqi Mir Ali nomi bilan tanigan, uning asarlari shoir hayot chogʻidayoq turkmanlar orasida mashhur boʻlgan. Navoiy gʻazallarini turkman baxshilari hozirgi kungacha ham kuylab keladilar. Xiva madrasalarida tahsil olgan turkman mumtoz shoirlari Ozodiy, Mahtumquli, Andalib Navoiyni oʻzlariga ustoz deb bilganlar. Ayni paytda Mahtumqulining sheʼrlarini bilmagan va kuylamagan oʻzbek xrfizi yoʻq desa boʻladi. Andalib oʻzining "Layli va Majnun", "Yusuf va Zulayho" dostonlarini Navoiy va Durbek asarlaridan taʼsirlanib yozgan.
Mahtumqulining tanlangan sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida bir necha marta nashr etildi. Gʻafur Gʻulom va Berdi Kerboboyev, Abdulla Qahhor va Beki Seytoqov, Zulfiya va Tovshan Esanova, Asqad Muxtor va Qora Seytliyev kabi oʻzbek va turkman yozuvchishoirlari oʻrtasidagi doʻstlik adabiy aloqalar tarixida muhim oʻrin egallaydi. B. Kerboboyevning "Dadil qadam", "Oysulton", "Nebitdogʻ" romanlari, X. Deryayevning "Qismat" romanepopeyasi, Mullanafas, Andalib, Kamina, B. Kerboboyev sheʼrlari, Ota Kavshutovning "Nebitdogʻ etaklarida" romani, Q. Quliyevning "Qora karvon" romani, T. Togʻanovning "Durlar xazinasi" qissasi va b. asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Turkman dramaturgiyasining "Mahtumquli" (B. Kerboboyev), "Oila nomusi", "Kim aybdor?" (X. Mutalov) singari namunalari oʻzbek teatrlarida sahnalashtirilgan. Oʻz navbatida, H.X,.Niyoziyning "Boy ila xizmatchi", A. Qaxdorning "Shohi suzana", B. Rahmonovning "Yurak sirlari", Sayd Ahmadning "Kelinlar qUzgʻoloni" pyesalari turkman teatrlarida namoyish qilindi. Turkman adiblarining (B. Kerboboyev, J. Orazov, B. Seytokrv, O. Otajonov va b.) Oʻzbekiston, oʻzbek shoir va adiblarining (Gʻ.Gʻulom, Shayxzoda, Mirtemir) Turkmaniston mavzuidagi asarlari muhim[1].