Xorvatiya — Turkmaniston munosabatlari
Xorvatiya |
Turkmaniston |
Xorvatiya — Turkmaniston munosabatlari — Xorvatiya va Turkmaniston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar 1996-yilda oʻrnatilgan. Ikkala mamlakat ham Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va BMTning toʻlaqonli aʼzolari. Hech qaysi mamlakatda doimiy elchi mavjud emas.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Diplomatik aloqalar 1996-yil 2-iyulda oʻrnatilgan boʻlib, davlatlar orasida qoʻshma shartnoma imzolangan[1].
Siyosiy munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki mamlakat oʻrtasidagi faol hamkorlik 2007-yil sentabr oyida Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 62-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtgan yigʻinda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Xorvatiya Prezidenti Stjepan Mesichning uchrashuvidan soʻng jadallashdi. Ikki mamlakat oʻrtasida eng yuqori darajadagi muloqot ikki mamlakat prezidentlarining 2008-yil aprel oyida NATO sammiti boʻlib oʻtgan Buxarestdagi uchrashuvi davomida davom ettirildi. Xorvatiya Respublikasi Prezidenti Stefan Mesichning Turkmanistonga rasmiy tashrifi 2008-yil iyul oyida amalga oshirildi. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Xorvatiya Respublikasiga rasmiy tashrifi 2009-yil iyun oyida boʻlib oʻtdi. 2014-yil aprel oyida Xoravtiya prezidenti Ivo Josipovic Turkmanistonga davlat tashrifi bilan keldi.
Diplomatik vakolatxonalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xorvatiya Turkmaniston bilan Anqaradagi elchixonasi orqali aloqa qiladi.
Iqtisodiy munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Diplomatic relations (Wayback Machine saytida 2014-06-06 sanasida arxivlangan)