Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni munosabatlari
Saudiya Arabistoni |
Oʻzbekiston |
Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni munosabatlari — 1992 yil fevralda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud al-Faysal bin Abdulaziz Ol Saudning Oʻzbekistonga, oʻsha yil aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Saudiya Arabistoni ga tashrifidan soʻng 1992 yil noyabrda Jidda sh.da Oʻzbekiston Respublikasi konsulxonasi, 1995-yil may oyida Ar-Riyodda elchixonasi, 1997 yil 27 martda Toshkentda Saudiya Arabistoni elchixonasi ochildi. 1995 yil noyabr da Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirining Saudiya Arabistoni ga qilgan tashrifi davomida Oʻzbekiston bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
1996 yil aprelda ArRiyodda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida", 1998 yil martda "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarlari arab tilidagi nashrining rasmiy takdimoti oʻtkazildi.
1996 yilda Saudiya Arabistonining "Delta oyl" shirkati bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. Jumladan, Oʻzbekiston hukumati AQSH — Saudiya Arabistonining "Yunikol" va "Delta oyl" shirkatlari konsorsiumi bilan neft va gaz quvurlari loyihalari toʻgʻrisida bitim, "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi esa Oʻzbekistonda neft razvedkasi hamda uni qazib chiqarish haqida anglashuv bayonnomasini imzoladi. 1996 yil yanvarda "Oʻzbekturizm" kompaniyasi "AlMarva" shirkati bilan turizm va aviachiptalarni sotish toʻgʻrisida bitim imzoladi. 2002 yilda Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi tovar aylanmasi 3,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistonning Saudiya Arabistoni ga eksporti, asosan, savdo va unga aloqador xizmatlardan iborat. Ayni paytda, Saudiya Arabistonidan shirinliklar, don, gilam va polni krplaydigan mahsulotlar, oʻsimlik va mol yogʻi, mebel va choyshablar, spirtsiz ichimliklar, optika jihozlari, poyabzal, boʻyoklar, oʻyinchoq va sport anjomlari olinadi.
Oʻzbekistonda Saudiya Arabistoni ishtirokidagi 14 korxona roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 10 tasi qoʻshma korxona, 4 tasi 100% Saudiya Arabistoni sarmoyasidagi korxonalardir.
Ikki davlat oʻrtasida taʼlim va din sohalarida ham hamkorlik rivojlangan. 1997 yil Saudiya Arabistoni oliy taʼlim vaziri Xalid alAnqariy Oʻzbekistonga Saudiya Arabistonining bir necha universitetlari rektorlaridan iborat delegatsiya bilan tashrif buyurdi. Mustaqillik davrida respublikamizning 45 mingdan ortiq fuqarosi haj, 35 mingdan ziyod fuqarosi umra safarlarida boʻldilar (2004).[1]