Oʻzbekiston — Quvayt munosabatlari
«Oʻzbekiston — Quvayt munosabatlari»
1994 yil iyulda ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrvatilgach, turli sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. 1994 yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvayt oʻrtasida "Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim" kelishib olindi.
1997 yilda Quvayt iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi Nukus va Urganch shaharlarini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun 18 mln. AQSH dollari miqdorida pul ajratdi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonga 6 mln. kuvayt dinori miqdorida kredit berish haqidagi shartnoma imzolandi; 20 yil muddatga berilgan bu kreditda 5 yillik imtiyozli davr koʻzda tutilgan.
1998 yil 250 ming kuvayt dinori miqdoridagi kredit mablagʻi oʻzlashtirildi. Ikki davlat oʻrtasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bunga Quvayt parlamentida Quvayt — Oʻzbekiston doʻstlik qoʻmitasi tashqil etilgani yaqqol misol boʻla oladi.[1]