Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston — Iordaniya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston — Iordaniya munosabatlariOʻzbekiston Respublikasi bilan Iordaniya oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik rivojlana boshladi. 1993-yil fevralda Iordaniya shahzodasining Oʻzbekistonga tashrifi va 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari delegatsiyalarining Iordaniya ga rasmiy tashrifi chogʻida savdo va iqtisodiy hamkorlik, samolyotlar qatnovi toʻgʻrisidagi bitimlar imzolandi. 1994-yildan ikki mamlakat oʻrtasida savdo-sotiq aloqalari boshlandi. 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Iordaniya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 13,7 ming AQSh dollarini tashkil qildi. Iordaniyadan Oʻzbekistonga yogʻ va moy, qandshakar, kakao, qandolat va sabzavot mahsulotlari, qora va rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, optika asboblari, mebel va boshqalar keltiriladi. Oʻzbekiston tomoni turli xizmatlar koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasida Iordaniya sarmoyadorlari ishtirokidagi 14 korxona faoliyat koʻrsatayotir, shundan 6 tasi qoʻshma korxona, 8 tasi 100 % iordan investitsiyasi boʻlgan korxonadir. Iordaniyaning „Global Biznes“ kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasida oʻz vakolatxonasini ochgan va ilgʻor texnologiyalar marketingi, savdo-sotiq hamda maslahat xizmati koʻrsatish bilan shugʻullanadi. 1996-yilda Toshkentda Iordaniya maqsulotlari koʻrgazmasi oʻtkazildi. Unda Iordaniya ning koʻpgina shirkatlari va ishbilarmonlari qatnashdi.

Toshkent oliy maktablarida oʻnlab iordan talabalari oʻqimoqda. Podshohlikning koʻpgina fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida fan nomzodi dissertatsiyasini yoqlab ketgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil