J. J. Thomson
Jozef Jon Thomson (talaffuzi: Jozef Jon Tomson) (1856.18.12, Chitem-Xill, Manchester yaqinida — 1940.30.8, Kembrij) — ingliz fizigi, metallarning elektron nazariyasi asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1884-yildan) va prezidenti (1915— 1920). Manchesterdagi Ouene kollejini (1876) va Kembrij universitetining Triniti kollejini (1880) tugatgan. 1884-1919-yillarda Kembrij universiteti prossor va Kavendish laboratoriya rahbari. 1897-yilda elektronna kashf etib, uning zaryadini va massasini aniklagan. 1903-yilda atomning birinchi modelini taklif qilgan. Rentgen nurining uzluksiz spektrini tushuntirib bergan. 1911-yilda parabolalar usulini ishlab chiqqan, bu usul keyinchalik massspektrometriya sohasining yaratilishiga olib keldi. T. izotoplarni ochishda katta rol oʻynadi. Gazlardagi elektr razryadlarini oʻrgandi. Nobel mukofoti laureati (1906)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil