Jean Baptiste Perrin
Qiyofa
Jean Baptiste Perrin (1870.30.9, Lill - 1942.17.4, Nyu-York) — fransuz fizigi va fizik-kimyogari, Fransiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1923 — 1938 prezidenti). 1940-yildan AQSHda Katod nurlarini manfiy zaryadlangan zarralar oqimidan iboratligini tajribalarda asoslagan (1895), Broun harakatini tekshirgan (1908—1913), boshqa usullar bilan topilgan qiymatiga moye keluvchi Avogadro sonini aniqlagan, molekulaning mavjudligini isbotlagan. Perrin sovun koʻpigining tuzilishini oʻrganib, har qanday koʻpik bir qancha bimolekulyar qatlamlardan iborat ekanligini aniqlagan. Perrin rentgen nurlarning tabiatini, gazlarning oʻtkazuvchanligini, fluoressensiya, radioaktivlikni tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1926)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |