John Hopfield
John Hopfield | |
---|---|
Tavalludi |
15-iyul 1933-yil Chikago, Illinois |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi |
Fizika Molekulyar biologiya Kompleks tizim Neyrofanlar |
Ish joylari |
Bell laboratoriyasi |
Taʼlimi |
Swarthmore kolleji (bakalavr) Cornell universiteti (PhD) |
Tezis sarlavhasi | A quantum-mechanical theory of the contribution of excitons to the complex dielectric constant of crystals (1958)[1] |
Akademik rahbarlari | Albert Overhauser |
Mashhur shogirdlari |
Steven Girvin Bertrand Halperin David J. C. MacKay José Onuchic Terry Sejnowski Erik Winfree |
Mashhur ishlari |
Hopfield tarmogʻi Zamonaviy Hopfield tarmog‘i Hopfield dielektrigi Polariton |
Mukofotlari |
Oliver Buckley mukofoti(1969) Dirac medali (ICTP)(2001) Harold Pender mukofoti(2002) Albert Eynshteyn nomidagi Fan bo‘yicha jahon mukofoti(2005) Benjamin Franklin medali(2019) Boltzmann medali(2022) Fizika boʻyicha Nobel mukofoti(2024) |
John Joseph Hopfield (1933-yil 15-iyulda tugʻilgan[2]) amerikalik fizik va Prinston universitetining faxriy professori.
Hopfield asosan 1982-yilda assotsiativ neyron tarmoqlarini oʻrganishi bilan tanilgan hamda Hopfield tarmogʻini ishlab chiqqan. 2024-yilda Hopfield, Geoffrey Hinton bilan birgalikda, sunʼiy intellekt tarmoqlari boʻyicha asosiy hissa qoʻshganliklari uchun Fizika boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi[3][4]. Hopfield kondensatsiyalangan moddalar fizikasida, statistik fizikada va biofizikada koʻp tarmoqli sohalardagi ishlari uchun fizika sohasidagi bir qator nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]John Joseph Hopfield 1933-yilda Chikagoda fiziklar John Joseph Hopfield (asl ismi Yan Jozef Chmielewski) va Helen Hopfield (qizlik familiyasi Staff) oilasida dunyoga kelgan[2][5][6]. Hopfield 1954-yilda Pensilvaniyadagi Swarthmore kollejida fizika yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini, 1958-yilda esa Cornell universitetida fizika boʻyicha falsafa doktori (PhD) unvonini qoʻlga kiritgan[2]. Uning doktorlik dissertatsiyasi „Kristallarning murakkab dielektrik doimiysiga eksitonlar taʼsirining kvant-mexanik nazariyasi“ deb nomlangan edi[7]. Uning doktorlik ilmiy rahbari Albert Overhauser boʻlgan[2].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hopfield Bell laboratoriyasining nazariya guruhida ikki yil davomida David Gilbert Thomas bilan yarimo‘tkazgichlarning optik xususiyatlari ustida tadqiqot olib borgan[8]. Hopfield, Robert G. Shulman bilan hamkorlikda gemoglobinning kooperativ xatti-harakatini tavsiflash uchun miqdoriy modelini ishlab chiqqan[2][5][9]. Keyinchalik u Kaliforniya universiteti, Berklida (fizika, 1961-1964)[3], Prinston universitetida (fizika, 1964-1980)[3], Kaliforniya texnologiya instituti Kaltekda (kimyo va biologiya, 1980-1997)[3] va yana Prinstonda (1997-yildan buyon) faoliyat yuritib kelgan[3][2]. Hozirda u Prinston universitetining molekulyar biologiya boʻyicha Howard A. Prior faxriy professori hisoblanadi[10] .
1976-yilda professor gemoglobin tuzilishi haqidagi ilmiy qisqa metrajli filmda qatnashgan. Ushbu filmda mashhur olim Linus Pauling ham ishtirok etgan edi[11] .
1981-1983-yillarda Richard Feynman, Carver Mead va Hopfield Kaltekda „Hisoblash fizikasi“ nomli bir yillik kurs oʻtkazishgan[12]. Feynman Hopfieldni assotsiativ neyron tarmoqlari haqida maʼruza oʻqish uchun taklif etgan edi[12][13]. Ushbu hamkorlik 1986-yilda Hopfield hamtaʼsischiligida Kaltekda Hisoblash va Neyron tizimlari boʻyicha PhD dasturining yaratilishiga turtki boʻlgan[14][12].
Ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1958-yildagi doktorlik ishida kristallarda eksitonlarning oʻzaro taʼsiri haqida yozib, qattiq jismlar fizikasida uchraydigan kvazizarra uchun „polyariton“ atamasini kiritgan[15][16] . U shunday deb yozgan: „Fotonlarga oʻxshash qutblanish maydoni ’zarrachalari’ ’polyaritonlar’ deb ataladi“[16]. Uning polyariton modeli baʼzan Hopfield dielektrigi nomi bilan ham maʼlum[17].
Kondensatsiyalangan moddalar boʻyicha fizik olim Filipp V. Andersonning yozishicha, Jon Hopfieldning 1961-1970 yillarda Anderson aralashmalar modeli boʻyicha Kondo effekti ustida olib borgan ishlari uchun „yashirin hamkor“ deya tariflagan. Anderson modeli Kondo effektini tushuntirib bergan. Garchi Hopfield maqolalarda hammuallif sifatida koʻrsatilmagan boʻlsa-da, Anderson oʻzining turli asarlarida Hopfieldning qoʻshgan hissasi gʻoyat muhim ekanligini eʼtirof etgan[18].
U 1974-yilda DNK replikatsiyasining yuqori aniqligini tushuntirish maqsadida biokimyoviy reaksiyalardagi xatolarni tuzatish uchun „kinetik tuzatish“ deb atalgan mexanizmni taklif etgan[19][20].
David W. Tank bilan hamkorlikda Hopfield 1985-1986-yillarda uzluksiz faollashtirish funksiyasiga ega Hopfield tarmogʻi yordamida uzluksiz vaqt dinamikasiga asoslangan diskret optimallashtirish masalalarini yechish usulini ishlab chiqqan[21][22]. Optimallashtirish masalasi tarmoqning oʻzaro taʼsir parametrlari (ogʻirliklari) da kodlangan edi. Simulyatsiyalangan kuydirish orqali global optimallashtirishda qoʻllanilganidek, analog tizimning effektiv harorati asta-sekin pasaytirilgan[23].
Dastlabki Hopfield tarmoqlari cheklangan (kichik) xotiraga ega boʻlgan. Bu muammo 2016-yilda Hopfield va Dimitriy Krotov tomonidan hal etilgan[23][24]. Katta xotira sigʻimiga ega boʻlgan Hopfield tarmoqlari hozirda zamonaviy Hopfield tarmoqlari deb ataladi[25].
Sunʼiy intellekt toʻgʻrisidagi qarashlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil mart oyida Hopfield „Giant AI tajribalarini toʻxtatish“ nomli ochiq xatni imzolagan va GPT-4 dan kuchliroq sunʼiy intellekt (SI) tizimlarini oʻqitishni vaqtincha toʻxtatishni talab qilgan. Yoshua Bengio va Styuart Rassel kabi SI tadqiqotchilari ham qoʻshilgan 30 000 dan ortiq shaxs imzolagan maktubda insoniyatning keraksiz boʻlib qolishi va jamiyatning nazoratni yoʻqotishi kabi xavflar taʼkidlab oʻtilgan[26][27].
2024-yilgi fizika boʻyicha Nobel mukofotiga hammualliflikda sazovor boʻlgan Hopfield sunʼiy intellekt qobiliyatlarining soʻnggi yutuqlari uni juda xavotirga solganini maʼlum qilgan va „fizik sifatida men nazorat qilib boʻlmaydigan narsadan juda tashvishlanayapman“ deb aytgan[28].
Talabalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning sobiq PhD talabalari qatoriga Bertrand Halperin (1965-yilda PhD olgan), Steven Girvin (1977), Terry Sejnowski (1978), Erik Winfree (1998), José Onuchic (1987) va David J. C. MacKay (1992) kabi olimlar kiradi[29].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tezisga havola“. Qaraldi: 9-oktabr 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Hopfield, John J.“. Physics History Network American Institute of Physics. Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Taylor, D.B.; et al. (October 8, 2024), „Nobel Physics Prize Awarded for Pioneering A.I. Research by 2 Scientists“, The New York Times, October 8, 2024da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: October 8, 2024
- ↑ „Press release: The Nobel Prize in Physics 2024“ (en-US). NobelPrize.org. 2024-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Lindsay, Grace. Models of the Mind: How Physics, Engineering and Mathematics Have Shaped Our Understanding of the Brain (en). Bloomsbury Publishing, March 4, 2021. ISBN 978-1-4729-6645-2. Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
- ↑ „American Men of Science: A Biographical Directory“. Science Press (1966).
- ↑ John Hopfield (1958). „A Quantum-Mechanical Theory of the Contribution of Excitons to the Complex Dielectric Constant of Crystals“. Qaraldi: 10-oktyabr 2024-yil.
- ↑ Orton, John W.. The Story of Semiconductors (en). OUP Oxford, December 11, 2008. ISBN 978-0-19-156544-1.
- ↑ "American Physical Society Meets in Baltimore" (en). Physics Today 38 (3): 87–93. March 1, 1985. doi:10.1063/1.2814495. ISSN 0031-9228. https://pubs.aip.org/physicstoday/article/38/3/87/403879/American-Physical-Society-Meets-in-Baltimore.
- ↑ Office of Communications „Princeton's John Hopfield receives Nobel Prize in physics“ (en). Princeton University (2024-yil 8-oktyabr). 2024-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
- ↑ „The Life and the Structure of Hemoglobin, American Institute of Physics“. Orego State Documentary History of Linus Pauling (1976). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 Hey, Anthony. Feynman And Computation (en). CRC Press, March 8, 2018. ISBN 978-0-429-96900-3.
- ↑ Hillis, W. Daniel (February 1, 1989). "Richard Feynman and the Connection Machine". Physics Today 42 (2): 78–83. doi:10.1063/1.881196. ISSN 0031-9228. https://pubs.aip.org/physicstoday/article/42/2/78/405542/Richard-Feynman-and-the-Connection-MachineIn-his.
- ↑ „Caltech Celebrates 30 Years of its Computation and Neural Systems Option | Caltech Alumni“ (en-US). 2024-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
- ↑ Hopfield, J. J. (December 1, 1958). "Theory of the Contribution of Excitons to the Complex Dielectric Constant of Crystals" (en). Physical Review 112 (5): 1555–1567. doi:10.1103/PhysRev.112.1555. ISSN 0031-899X. https://link.aps.org/doi/10.1103/PhysRev.112.1555.
- ↑ 16,0 16,1 Agranovich, Vladimir M.. Excitations in Organic Solids (en). OUP Oxford, February 12, 2009. ISBN 978-0-19-155291-5. Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
- ↑ Huttner, B.; Barnett, S. M. (1992). "Dispersion and Loss in a Hopfield Dielectric" (en). Europhysics Letters 18 (6): 487. doi:10.1209/0295-5075/18/6/003. ISSN 0295-5075. https://iopscience.iop.org/article/10.1209/0295-5075/18/6/003. Qaraldi: October 8, 2024.John Hopfield]]
- ↑ Zangwill, Andrew. A Mind Over Matter: Philip Anderson and the Physics of the Very Many (en). Oxford University Press, January 8, 2021. ISBN 978-0-19-264055-0.
- ↑ Hopfield, J. J. (1974). "Kinetic Proofreading: A New Mechanism for Reducing Errors in Biosynthetic Processes Requiring High Specificity" (en). Proceedings of the National Academy of Sciences 71 (10): 4135–4139. doi:10.1073/pnas.71.10.4135. ISSN 0027-8424. PMID 4530290. PMC 434344. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=434344.
- ↑ Flyvbjerg, Henrik; Jülicher, Frank; Ormos, Pal; David, Francois. Physics of Bio-Molecules and Cells: Les Houches Session LXXV, 2–27 July 2001 (en). Springer Science & Business Media, July 1, 2003. ISBN 978-3-540-45701-5. Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
- ↑ Hopfield, J. J.; Tank, D. W. (July 1, 1985). ""Neural" computation of decisions in optimization problems" (en). Biological Cybernetics 52 (3): 141–152. doi:10.1007/BF00339943. ISSN 1432-0770. PMID 4027280. https://link.springer.com/article/10.1007/BF00339943. Qaraldi: October 8, 2024.John Hopfield]]
- ↑ Hopfield, John J.; Tank, David W. (August 8, 1986). "Computing with Neural Circuits: A Model" (en). Science 233 (4764): 625–633. doi:10.1126/science.3755256. ISSN 0036-8075. PMID 3755256. https://www.science.org/doi/10.1126/science.3755256. Qaraldi: October 8, 2024.John Hopfield]]
- ↑ 23,0 23,1 The Nobel Committee for Physics (October 8, 2024). "Scientifc Background to the Nobel Prize in Physics 2024". The Royal Swedish Academy of Sciences. https://www.nobelprize.org/uploads/2024/09/advanced-physicsprize2024.pdf. Qaraldi: October 8, 2024.John Hopfield]]
- ↑ Krotov, Dmitry; Hopfield, John J. (2016). "Dense Associative Memory for Pattern Recognition". Advances in Neural Information Processing Systems (Curran Associates, Inc.) 29. https://papers.nips.cc/paper_files/paper/2016/hash/eaae339c4d89fc102edd9dbdb6a28915-Abstract.html. Qaraldi: October 8, 2024.John Hopfield]]
- ↑ Kahana, Michael J.; Wagner, Anthony D.. The Oxford Handbook of Human Memory, Two Volume Pack: Foundations and Applications (en). Oxford University Press, 2024. ISBN 978-0-19-774614-1.
- ↑ Feathers, Todd „Nobel Prize Goes to 'Godfathers of AI' Who Now Fear Their Work Is Growing Too Powerful“ (en-US). Gizmodo (2024-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Pause Giant AI Experiments: An Open Letter“ (en-US). Future of Life Institute. Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Nobel winner John Hopfield warns of 'catastrophe' if AI advances are not 'controlled'“. Hindustan Times (2024-yil 9-oktyabr).
- ↑ Andoza:MathGenealogy