Victor Francis Hess
Qiyofa
Victor Francis Hess (talaffuzi: Viktor Frensis Hess) (1883.24.6, Valdshteyn —1964.17.12, Maunt-Vernon, AQSH) —avstriyalik fizik, Avstriya Fanlar akademiyasi aʼzosi. 1919-yildan Vena, Grats va Insbruk universitetlari professor 1938-yildan AQSH da. Asosiy ilmiy ishlari kosmik nurlar fizikasi, radioaktivlik, atom fizikasi va optikaga oid. Kosmik nurlarni kashf etgan (1912) va ular intensivligining oʻzgarishini kuzatgan. Nobel mukofoti laureata (1936)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |