Kontent qismiga oʻtish

James Rainwater

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
James Rainwater

James Rainwater (talaffuzi: Jeyms Reynvoter) (1917.9.12, Kaunsil, Aydaxo shtati) — amerikalik fizik, Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi aʼzosi. Kaliforniya texnologiya institutini tugatgan (1939). 1939-yildan Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida ishlagan (1952-yildan professor). Ilmiy ishlari yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasiga oid. Yadroning umumiy modelini taklif etgan. Nobel mukofoti laureati (O. Bor va boshqa Mottelson bilan hamkorlikda; 1975)[1][2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari