Clinton Davisson
Qiyofa
Clinton Davisson (talaffuzi: Klinton Devisson) (1881.22.10, Blumington — 1958.1.2, Sharlotsvill)— amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Chikago (1908) va Prinston (1911) universitetlarini tugatgan. Ilmiy ishlari termoelektron va termoion emissiya, termoelektron mikroskop, issiqlik nurlanish, kristallar fizikasi, Borning atom nazariyasiga bagʻishlangan. Amerikalik fizik L.Jermer (1896— 1971) bilan hamkorlikda va J.P.Tomsondan mustaqil ravishda nikel monokristallida elektronlar difraksiyasi hodisasini ochgan (D. va Jermer tajribasi, 1927) va L.de Broylvint materiyaning toʻlqin xususiyati toʻgʻrisidagi gipotezasini amadda tasdiqlagan. Nobel mukofoti laureati (J. P. Tomson bilan hamkorliqda, 1937)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |