Erwin Schrödinger
Erwin Schrödinger (talaffuzi: Ervin Shreddinger) (1887.12.8 Vena 1961.4.1) - avstraliyalik fizik, kvant mexanika asoschilaridan biri. Vena universitetni tugatgan (1910). Vena va Yen universitetlarida ishlagan. Shtuttgart Oliy texnika maktabi va Breslau (1920—21), Syurix (192127), Berlin (192733), Oksford (193336), Grats (193638) universitetlari professor Dublin oliy tadqiqot instituti direktori (1941—55), Vena universiteti professor (1956-yildan). Asosiy ilmiy ishlari statistik fizika, kvant nazariya, kvant mexanika, umumiy nisbiylik nazariyasi va biofizikaga oid. Toʻlqin mexanikani ishlab chiqqan (1926). Norelyativistik kvant mexanikaning asosiy tenglamasi (Shryodinger tenglamasi)ni topgan. Sh. toʻlqin mexanika bilan V. Geyzenberg, M. Born va P. Yordanning "matritsaviy mexanikasi" orasida bogʻlanish borligini aniqladi va ularning fizik ayniyligini isbot qildi. Nobel mukofoti laureati (1933; P. Dirak bilan hamkorlikda)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |