Robert Hofstadter
Qiyofa
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bf/Robert_Hofstadter.jpg/200px-Robert_Hofstadter.jpg)
Robert Hofstadter (1915.5.2, NyuYork — 1990) — amerikalik fizik. Prinston universitetini tugatgan (1938). Prinston universitetida (1946-yildan), Stanford universitetida (1950-yildan, 1954-yildan professor) ishlagan. Gamma kvantlar, neytronlar va rentgen nurlanishlarini qayd qilish uchun moʻljallagan hisoblagichlarni yaratgan. Kosmik nurlarni va relyativistik elektronlar vujudga keltirgan kaskadjalalarni oʻrgangan. Elektronlarning nuklonlarda tarqalishiga doir fundamental ishlarni amalga oshirgan, natijada nuklonlarning strukturasini bilishga imkon tugʻilgan. Nobel mukofoti laureati (1961)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |