Kontent qismiga oʻtish

Gunoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Gunoh – (fors – jinoyat, ayb; asli shu maʼnodagi arab. „junoh“ soʻzidan olingan) diniy axloqiy tushuncha. Diniy aqidalarga xilof ish yoki xatti-harakatni bildiradi. Gunoh tushunchasi qadimda turli taqiqlarni buzuvchi, axloqsiz odamning harakati maʼnosida qoʻllangan. Gunoh tushunchasi barcha dinlarga xos. Ularning hammasida gunoh ishlar qoralanadi.

Islom dinida shirk, yaʼni Allohni butunlay inkor etish yoki unga teng keladigan boshqa ilohiy kuchlar bor deb eʼtiqod qilish eng katta gunoh hisoblanadi. Shirkni Alloh kechirmaydi. Ammo undan boshqa katta va kichik gunohlarni xohlaganicha kechirishi yoki maʼlum meʼyorda jazolashi mumkin. Katta gunohlarning adadi toʻgʻrisida islom manbalarida turlicha fikrlar aytilgan. Ota-ona qargʻishini olish, sehr-jodu bilan shugʻullanish, qotillik, zino, yolgʻon guvoxlik berish, oʻgʻrilik, chaqimchilik, qimorbozlik, riyokorlik, firibgarlik, harom qilingan narsalarni isteʼmol qilish, dilozorlik va hokazo katta Gunoh hisoblanadi. Baʼzi islom ulamolari katta gunohlar sonini 300 tagacha sanab oʻtishgan. Kichik gunohlar esa behisobdir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil