Kontent qismiga oʻtish

Sunnat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sunnat soʻzi (arabcha: سنة, سنت) „yurilgan yoʻl“ maʼnosini bildiradi, shuning uchun Paygʻambar sunnati deganda „Paygʻambar Muhammad bosib otgan yoʻl“ tushuniladi. Islomiy terminologiyada sunnat soʻzi sunniy islom olamida Muhammad paygʻambarning 23 yillik diniy rahbariyati davomida paygʻambarning har sohadagi amalga oshirgan faoliyat va harakatlarini bildiradi. Sunnat qoidalari islomiyatning dastlabki davrlarida paygʻambarning yoʻldoshlari(sahobalar) tarafidan va keyinchalik nasldan naslga oʻtib kelgan.