Ibrohimiy dinlar
|
Ibrohimiy dinlar Yaqin Sharqda kelib chiqqan dinlar oilasidir. Ularga Yahudiylik, Xristianlik va Islom kiradi (baʼzan Bahoiylikni ham shu safga qoʻshishadi). Atama ushbu dinlar manbalarida eslab oʻtiluvchi Ibrohim (ivritcha: Avraham אַבְרָהָם ; arabcha: ابراهيم ) ismli shaxs bilan bogʻliqdir. Ibrohimiy dinlar hozirda eng katta diniy oila hisoblanadi (3.8 milliard odam oʻzini shu dinlardan birortasiga tegishli, deb biladi).
Ibrohimiy dinlarning umumiy nuqtalari quyidagilardir:
- Monoteizm. Xudoning yakkaligi uqtiriladi. Baʼzan yahudiy va musulmonlar xristianlarni Ilohiy Uchlik prinsipini tanqida qilishsa-da, baribir bir xudoga sigʻinishlarini taʼkidlashadi.
- Paygʻambarlar. Barcha ibrohimiy dinlar oʻz asoschilariga "paygʻambar", yaʼni xudo bilan muloqotda boʻlgan shaxs statusini berishadi.
- Semitizm. Barcha ibrohimiy dinlar semitlar - yo yahudiy, yoki arab xalqlari orasida paydo boʻlgan.
- Eʼtiqod ustunligi. Ishonch aqldan koʻra ustun sanaladi.
- Qatʼiy etika. Barcha ibrohimiy dinlarda etika dogmalarga asoslangan va qayta koʻrib chiqilishi xudoning aytganidan chiqish deya qoralanadi.
Ibrohimiy dinlar mil. avv. VI asrda hozirgi Isroil hududida paydo boʻlgan.