Kontent qismiga oʻtish

Ahkom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahkom (aḥkām, arabcha: أحكام „qarorlar“, ḥukm (حُكْم) soʻzining koʻplik shakli) islomiy atama boʻlib, bir necha maʼnoga ega. Qur’onda hukm soʻzi hakamlik, hokimiyat yoki Xudoning irodasi maʼnolarida turlicha qoʻllanadi. Ilk islom davrida xorijiylar faqat Allohning hukmini (arabcha: حُكْمُ اللّهِ) qabul qilishlarini eʼlon qilib, unga siyosiy maʼnolar beradilar. Bu soʻz islom tarixi davomida oʻzida yangi maʼnolarni aks ettirib, dunyoviy ijro hokimiyati yoki sud qaroriga nisbatan qoʻllangan[1].

Koʻplik maʼnosida „ahkom“ odatda Qurʼonning oʻziga xos qoidalariga yoki fiqh metodologiyasidan foydalangan holda chiqarilgan huquqiy hukmlarga ishora qiladi[1]. Shariat hukmlari „beshta ahkom“ (al-ahkam al-xamsa) deb nomlanuvchi: majburiy (farz yoki vojib), tavsiya etilgan (mandub yoki mustahab), betaraf/joiz (muboh), qoralangan (makruh), va taqiqlangan (harom) besh toifadan birining tarkibiga kiradi[2].

  1. 1,0 1,1 John L. Esposito, ed (2014). "Hukm". The Oxford Dictionary of Islam. Oxford: Oxford University Press. http://www.oxfordislamicstudies.com/article/opr/t125/e890. 
  2. Schacht, Joseph. The Origins of Muslim Jurisprudence. Oxford University Press, 1959 — 133-bet.