Taqlid (tushuncha)
Islom haqidagi tushunchalarning bir qismi |
Usul al-Fiqh |
---|
Fiqh |
Ahkom |
Yuridik lavozimlar va unvonlar |
|
Taqlid (arab. — oʻxshatish, oʻxshatma; yasama; anʼana), taqlidchilik — 1) muayyan badiiy, ilmiy yoʻnalishga, uning namoyandalariga xos gʻoya va usullarni tushunibtushunmay, gʻayriixtiyoriy qaytarish, takrorlash. T. anʼanalarga ijodiy emas, balki mexanik yondashadi, u shoir yoki yozuvchini ijodiy mustaqillik, oʻziga xoslikdan mahrum etadi. T.ni badiiy ijoddagi anʼanalarga ergashish, mavjud anʼanalarni rivojlantirgan holda ularni yangilab borishdek izdoshlikdan farqlash kerak (Masalan, Navoiyning Jomiy va boshqa shoirlar gʻazallariga tatabbularm, Muqimiy va Furqatning Navoiy va Fuzuliy gʻazallariga taxmislari ijodiy izdoshlikning namunalaridir). Saroy adabiyotiga xos T.ning ayrim koʻrinishlarini Amir Umarxon va Muhammad Rahimxon (Feruz) davridagi baʼzi saroy shoirlari ijodida uchratish mumkin; 2) teatrda — ogʻzaki dramaturgiya; anʼanaviy masxaraboz va qiziqchilar teatrining janri. Unda ijrochilar oʻz tana harakatlari, yuz ifodalari, koʻz qarashlari (mimika), tovuhlari va soʻzlari orqali qush va hayvonlarning, baʼzan odamlarning xattiharakatlarini, oʻzaro munosabatlarini kulgili qilib tasvirlaydilar, shuningdek, ijtimoiy hayot va turmushdagi baʼzi voqealarni boʻrttirib koʻchirib, tomoshabinlarda kulgi uygʻotadilar (yana qarang Muqallid).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |