Kontent qismiga oʻtish

Muboh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muboh (arab tilida — umumiy, ixtiyoriy ish harakat) — shariat tushunchalaridan biri. Unga koʻra, qilish va qilmaslik barobar boʻlgan amal. Uni qilgan kishiga ham, qilmagan kishiga ham savob ham, gunoh ham yoʻqdir. Harom boʻlmagan, man qilinmagan (qaytarilmagan) ishlarning hammasi mubohdir. Masalan, oʻtirish, turish, yurish, yotish, uxlash, halol taomlarni yeyish va boshqa muboh amallarning adadi behisob. Muboh bilan joiz tushunchasi mazmunan bir[1].

Shariat tomonidan mukallaf kishiga qilish yoki qilmaslik ixtiyori teng berilgan narsa mubohdir. Yemoq yoki ichmoqqa o‘xshash narsalar, haromligi yoki man qilingani haqida hukm kelmagan barcha narsalar mubohdir. Muboh narsani qilganga ham, qilmaganga ham savob ham, itob ham yo‘q. Ammo muboh narsani qilmaslik halokatga olib boradigan bo‘lsa, uni qilish vojibga aylanadi. Misol uchun, taom yemaslik o‘limga sabab bo‘ladigan bo‘lsa, uni yeyish vojibga aylanadi[2] ("Kifoya" kitobidan).

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Muboh haqida. Zikr ahlidan so'rang“ (2016-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.