Fors tili
Fors tili | |
---|---|
Milliy nomi | فارْسِى (fārsi) |
Mamlakatlar |
|
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 120 million |
Til oilasi | |
Alifbosi | arab, Kirill (tojik) alifbosi |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | fa |
ISO 639-2 |
per Fas |
ISO 639-3 | tg |
Fors (Pors) tili yoki Forscha yoki Porscha, forsiy (porsiy) — hind-yevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining janubiy-gʻarbiy tarmogʻiga mansub til; asosan, Eron (Eron Islom Respublikasi) ning rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili hisoblanadi.
Fors tili IX asrdan to shu kungacha bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot davridagi o‘zgarishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu o‘zgarishlar, birinchidan, fors-tojik klassik adabiyotida keng iste‘mol qilingan ayrim so‘zlarning hozirgi fors tilida ishlatilmay qolishi yoki ular ma‘nosining o‘zgarishlarida ko‘rinsa ikkinchidan, hozirgi fors so‘z yasovchi elementlar asosida yasalgan yangi so‘zlar hisobiga boyishdan namoyon bo‘ladi.
Fors tili qad. yozuv anʼanalariga ega, unda boy adabiyot mavjud. Dastlabki yodgorliklari IX asrning 1-yarmiga mansub. Oʻsha davrda Eronning mashhur shoirlari Rudakiy, Firdavsiy, Farroxiy, Manuchehr va boshqa koʻplab shoir va yozuvchilar sodda va yangi fors tilida oʻz asarlarini yozdilar va asta-sekin fors tili Eronning rasmiy va madaniy tiliga aylantirildi. Fors tili oʻtgan ming yillar davomida oʻz asosini yoʻqotmadi, katta oʻzgarishlarga uchramadi. Ming yillar davomida Eron madaniyati va goʻzalligini ifodalab keldi. Somoniylar davrida fors tili rivoj topdi. Gʻaznaviylar davrida Hindiston yarimoroligacha yetib borib, Eron sivilizatsiyasi 800 yil davomida bu hududda rivojlandi. Kichik Osiyodagi Buyuk Saljuqiylar hukumati davrida fors tili bu hududning rasmiy va adabiy tiliga aylangan. Fors tili o‘zining ohangdorligi sinonimlaga boyligi va so‘zlarning osonlik bilan vazn hamda qofiyaga tushishi sababli ko‘pgina mamlakat shoir va olimlarini o‘ziga jalb qiladi va qisqa davr ichida O‘rta Osiyoning butun davlatlarigacha Ozarbayjon va Hindistongacha yoyilib, bu mamlakat xalqlari tomonodan fors tilida boy adabiy va ilmiy asarlar yaratildi.
Fors tilining koʻplab lahja va shevalari boʻlib, Tehron lahjasi ularning eng asosiysi va eng koʻp oʻrganilganidir. Bu lahja hozirgi adabiy fors tiliga asos boʻlgan. Fonetik xususiyatlari: 6 ta unli harf, 2 ta diftong, 22 ta undosh fonema mavjud. Chuqur til orqa va boʻgʻiz undoshlari bor, urgʻu, odatda, oxirgi boʻgʻinga tushadi. Morfologik qurilishi analitik xususiyatga ega, kelishik va jins kabi grammatik kategoriyalar mavjud emas. Otlar son, aniqlik va noaniqlik kategoriyalariga, feʼllar shaxs, zamon, nisbat va mayl kategoriyalariga ega. Feʼl yagona tuslanish turiga ega va tuzilishiga koʻra sodda va qoʻshma feʼllarga ajraladi. Gapdagi soʻzlar aloqasida izofali tuzilmalar keng qoʻllanadi. Kesim, asosan, gap oxirida, ega esa gap boshida, aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Leksikasining asosini sof eroniy soʻzlar tashkil etadi, lekin arabcha oʻzlashmalar ham juda koʻp (barcha leksikaning 50% igacha), shuningdek, turk, fransuz, ingliz va boshqa tillardan kirgan soʻzlar ham bor. Yozuvi arab alifbosi asosida, unga fors tiliga xos tovushlarni ifodalovchi 4 harf qoʻshilgan holda shakllantirilgan.<ref>Ismoilov, Anvar. „Fors tili“ OʻzME. F-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</re
afg'oniston tili koʻpincha "iftizah" va "vahshatnak" deb ataladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rubinchik Yu. A., Sovremenniy persidskiy yazik, M., 1960; Peysikov L. S, Leksikologiya sovremennogo persidskogo yazika, M" 1975.
hhhhh
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fors tilini oʻrganing (Wayback Machine saytida 2019-05-13 sanasida arxivlangan) (olm.) (ingl.)
- Fors tili (Wayback Machine saytida 2012-12-09 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |