Kontent qismiga oʻtish

Animizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Animizm (lotincha: anima — jon, ruh) — jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo boʻlgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, oʻz hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush koʻrish, gallyusinatsiya, oʻlim va hokazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bogʻlangan va u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bogʻliq ruh toʻgʻrisidagi tasavvurlar paydo boʻlgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga boʻlingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga taʼsir koʻrsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar. So'zning magik-mo'jizaviy kuchidan foydalanib, inson ruhiyatiga taʼsir etish, uni xastalikdan ozod qilish, tabiatiga ruhiy tetiklik bag'ishlash animizm fazilatlari hisoblanadi. Shuning uchun xalq baxshilari deganda baxshilik, yaʼni shifo bag'ishlash maʼnosi saqlanib qolgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




[[Turkum:Dinning ilk ko]rinishi]]