Gerd Müller
Bu maqola avtomat tarjima qilingan yoki mashina tarjimasi tayinli oʻzgartirishsiz chop etilgani eʼtirof etilmoqda. Tarjimani tekshirib chiqish hamda maqoladagi mazmuniy va uslubiy xatolarini tuzatish kerak. Siz maqolani tuzatishga koʻmaklashishingiz mumkin. (Shuningdek, tarjima boʻyicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.) DIQQAT! BU OGOHLANTIRISHNI OʻZBOSHIMCHALIK BILAN OLIB TASHLAMANG! Maqolaning originali koʻrsatilinmagan. |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gerhard Müller | ||
Tavallud sanasi | 3-noyabr 1945-yil | ||
Tavallud joyi | Nördlingen, Germaniya | ||
Vafot sanasi |
15-avgust 2021-yil (75 yoshda) | ||
Vafot joyi | Wolfratshausen, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 1⁄2 in)[1] | ||
Ampluasi | Striker | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1958–1963 | 1861 Nördlingen | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1963–1964 | 1861 Nördlingen | 31 | (51) |
1964–1979 | Bayern Munich | 453 | (398) |
1979–1981 | Fort Lauderdale Strikers | 71 | (38) |
Total | 555 | (487) | |
Milliy terma jamoa | |||
1966 | West Germany U23 | 1 | (1) |
1966–1974 | West Germany | 62 | (68) |
Boshqargan klublari | |||
1992–2014 | Bayern Munich II (assistant) | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Gerxard Myuller (nemischa: Gerhard "Gerd" Müller Gerxard „Gerd“ Myuller)—Gʻarbiy Germaniyalik futbolchi. Jahon,Yevropa va 3 karra Yevropa Chempionlar kubogi gʻolibi. Gerd Myuller 1945-yil 3-noyabrda Germaniyaning AQSH armiyasi egallab turgan qismi Bavariyaning Nyordlingen hududida tavallud topgan."Bavariya" va Germaniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan. Futbol tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri[2].
G'arbiy Germaniya terma jamoasi bilan xalqaro miqyosda 62 ta oʻyinda 68 ta gol urgan. Klub darajasida „Bavariya“ safida 15 yil davomida milliy chempionatda 427 ta oʻyinda 365 ta gol urdi. Yevrokuboklarda 74 ta oʻyinda 65 ta gol urdi. Myullar eng yaxshi 48 ta oʻyinchiga qaraganda kam oʻyin oʻtkazganiga qaramay eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida 21-oʻrinni egallab turibdi. Eng yaxshi toʻpurarlar orasida u har bir oʻyinda gol urish boʻyicha uchinchi oʻrinni egallab turibdi.
1970-yil Myuller Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. „Bavariya“ bilan muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng u 1970-yilgi Jahon chempionatida 10 ta gol urib musobaqaning eng yaxshi toʻpurari sifatida „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritgan.1972-yilda Yevropa chempionatida u finalda ham 2 ta gol urib eng yaxshi toʻpurarga aylangan. Ikki yil oʻtgach u Jahon chempionatida 4 ta gol urgan.
Mundiallarda 14 ta gol urgan Myuller 32 yil davom etgan rekordni oʻrnatgan (Uning rekordi avval braziliyalik Ronaldo tomonidan, keyin esa hamyurti Miroslav Kloze tomonidan rekord yangilangan)[3].1999-yilda u Yevropaning „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ tanlovida 9-oʻrinni egalladi.Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS)[4] „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ tanlovida 13-oʻrinni egalladi. 2004-yilda Pele Myullerni FIFA-100 roʻyxatiga kiritgan[2].
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gerd Myullerning otasi Geynrix Myuller yuk mashinasi haydovchisi boʻlib ishlagan, onasi Karolina uy bekasi edi. Gerd oilada olti farzandning eng kichigi edi.
Myuller olti yoshidan futbol oʻynashni boshlagan va bu faoliyatga juda qiziqib qolgan.15 yoshida otasi vafotidan keyin maktabni tashlab paxta zavodiga ishlashga majbur boʻldi. Ammo Gerd barcha boʻsh vaqtini sevimli mashgʻuloti futbolga bagʻishlagan[5].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Myuller professional futbolchilik faoliyatini 1960-yilda „TSV-1861“ klubida boshlagan.1964-yilda u Myunxenning „Bavariya“siga koʻchib oʻtgan. Müller quyi ligada oʻynashga ham rozi boʻlgan. Gerdning jamoadoshlari boʻlajak nemis futbol yulduzlari Frans Bekkenbauer va Zepp Mayer edi. Bir mavsum oʻtgach klub Bundesliga oʻynashni boshlagan.
Myuller 1960-1970-yillarda Yevropa futbolining deyarli barcha sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Gerd bu gʻalabalarga munosib hissa qoʻshgan. Bundesligada 427 ta oʻyinda 365 ta gol urgan (oʻzidan keyingi Klaus Fisherdan 97 ta koʻp).1971/72-yilgi mavsumda u 40 ta gol urdi va bir mavsumda gol urish boʻyicha Bundesliga rekordini oʻrnatgan. Robert Lewandowski 2020/2021-yilgi mavsumda 41 ta gol urganiga qadar bu rekord saqlanib qolgan[6]. Bundan tashqari Myuller Yevrokuboklardagi urilgan gollar boʻyicha rekordchiga aylangan. Gerd Yevrokuboklarda 77 ta oʻyinda 69 ta gol urgan (2010-yil 20-oktyabrda bu rekord ispaniyalik Raul tomonidan yangilangan). Gerd 1970/1971-yilgi „Yarmarkalar kubogi“ musobaqasida ham 7 ta gol urgan, lekin bu musobaqa UEFA tomonidan oʻtkazilmagan edi. Gerd bir taqvimiy yilda eng koʻp gol urish boʻyicha rekordi uzoq yillar yangilanmagan. Müller 1972-yilda[7] 85 ta gol urgan, to 2012-yilda Lionel Messi[8] bu rekordni yangilamaguncha rekord unga tegishli edi.
1979-yilda Myuller Amerika Qoʻshma Shtatlarga joʻnab ketgan va u yerda Shimoliy Amerika futbol ligasining „Fort-Loderdeyl Straykers“ klubida 3 mavsum davomida oʻynagan. Bu mavsumlarda esa 40 ta gol urgan. U jamoasi bilan „Soccer Boul“ musobaqasi finaligacha chiqdi va finalda esa „Nyu-York Kosmos“ klubiga 0:3 hisobda magʻlub boʻlishgan.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gerd Germaniya terma jamoasidagi debyutini 1966-yil 12-oktyabrda Turkiyaga qarshi oʻtkazgan[9]. U terma jamoada 62 ta oʻyin oʻtkazib 68 ta gol urgan. Myuller oʻtkazgan oʻyinlaridan koʻra urgan gollari koʻp boʻlgan kam sonli futbolchilardan biridir.
Futbolchi terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 1974-yilgi Germaniyada boʻlgan Jahon chempionati finalida oʻtkazgan.1974-yil 7-iyul kuni Myunxengi finalda Gʻarbiy Germaniya Gollandiya terma jamoasini finalda 2:1 hisobda magʻlub etgan va gʻalaba toʻpini Myuller kiritgan edi. Myuller 28 yoshida terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Bunga sabab sifatida esa oilasi bilan koʻproq vaqt oʻtkazish bilan izoxlagan[10].
Yuqorida taʼkidlaganimizga koʻra Myuller Jahon chempionatlarida urilgan gollar soni boʻyicha uzoq vaqt rekordchi boʻlib kelgan. Qiziq fakt bor shu yerda 2006-yilgi Germaniyada oʻtgan Jahon chempionatida braziliyalik Ronaldo Gerdning rekordini yangilagan. Lekin 2014-yilgi Braziliyada oʻtgan Jahon chempionatida germaniyalik Miroslav Kloze braziliyalik Ronaldo oʻrnatgan rekordni yangilagan. 2014-yilgacha Gerd terma jamoada eng koʻp gol urgan futbolchi edi. Uning rekordini yana oʻsha biz bilgan Kloze yangiladi. Lekin Kloze 69 ta golni urish uchun 132 ta oʻyin oʻtkazganligini hisobga olish kerak[11].
Futbolchilik faoliyatidan soʻng
[tahrir | manbasini tahrirlash]1982-yil nafaqaga chiqqan Gerd depressiyaga tushib alkogolga ruju qoʻygan. Uning klubdagi sobiq hamkorlari uni davolanish kursi oʻtashga koʻndirishgan. Keyin unga „Bavariya“ havaskorlar jamoasiga murabbiylik qilishni taklif etishgan[12][13]. Adidas kompaniyasi Gerd Myuller nomi bilan liboslar kolleksiyasini chiqargan.
Myuller 2009-yil 1-oktyabrda dunyo yuzini koʻrgan „PerfectGoal“ onlayn futbol menejer oʻyini qoʻllab quvvatlagan.
2015-yilda Gerd qariyalar uyiga tushib qoldi. Bu vaqtda Alsgeymer kasalligi bilan ogʻrigan edi[14].
2021-yil 15-avgustda Gerd Myuller 75 yoshida vafot etgan[15].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gerd xotini bilan ajrashgan va qizi bor.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Myuller kichkina, zarbasi kuchli futbolchi edi. U qisqa masofalarda tez tezlasha olardi. Bosh bilan oʻynashi ham aʼlo darajada edi. Eng muhimi gol urish instinkti bor edi.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bavariya safida[2][16][17]
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Germaniya chempioni 4 marta-1969,1972,1973,1974-yillar.
- Germaniya kubogi soxibi 4 marta-1966,1967,1969,1971-yillar.
- Yevropa Chempionlar kubogi gʻolibi 3 marta-1974,1975,1976-yillar.
- UEFA kubog egalari kubogi soxibi-1967-yil.
- Qitʼalararo kubok soxibi-1976-yil.
Germaniya terma jamoasida[2][16]
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jahon chempioni-1974-yil.
- Yevropa chempioni-1972-yil.
Individual yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oltin toʻp“ soxibi-1970-yil[18]
- „Oltin butsa“ sovrindori-1970,1972-yillar[19]
- Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi-1967,1969-yillar.[20]
- Germaniya chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1967,1969,1970,1972,1973, 1974,1978-yillar[2]
- Gʻarbiy Germaniya kubogi toʻpurari-1967,1969,1971-yillar
- Yevropa Chempionlar kubogi toʻpurari-1972/73,1973/74,1974/75, 1976/77
- Jahon chempionati toʻpurari-1970-yil[2]
- 1972-yilgi Yevropa Chempionati saralashining eng yaxshi toʻpurari-7gol
- Yevropa chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1972-yil (4 gol)
- Bundesliga tarixidagi eng yaxshi toʻpurar-365 ta gol.
- Gʻarbiy Germaniya kubogi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar-78 gol.
- „Bavariya“ tarixidagi eng yaxshi toʻpurar-571 gol.
- Bir mavsumda barcha musobaqalarda gollar soni boʻyicha „Bavariya“ rekordchisi-67 gol.
- Nemsi futbolchilari orasida Yevrokuboklarda gol urish boʻyicha rekordchi-66 gol.
- Xizmatlari uchun ordeni soxibi (FIFA)-1998-yil.[21]
- FIFA-100 roʻyxatiga kiritilgan.[2]
- „Golden Foot“ mukofoti sovrindori („Futbol afsonalari“ yoʻnalishi boʻyicha)-2007 2007-yil
- „Bravo Otto“ mukofoti sovrindori:
- Oltin xaykalcha-1973,1974
- Kumush xaykalcha-1975
- Bronza xaykalcha-1972,1976[22]
- IFFHS ga reytingiga kirgan[23]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Gerd Müller“ (de). fussballdaten.de. 2008-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 17-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 „Der Bomber wrote records for eternity“. FIFA.com. 24-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvar 2018-yil.
- ↑ „World Cup Rewind: Ronaldo sets all-time goals world record“. Guinness World Records. Qaraldi: 13-sentyabr 2018-yil.
- ↑ Stokkermans, Karel „IFFHS Century Elections“. RSSSF.com (30-yanvar 2000-yil). 23-sentyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
- ↑ Gerd Myuller „Ya bombardir iz Nyordlingena“
- ↑ „Lewandowski makes Bundesliga history with goal 41 in Bayern Munich's title-winning campaign“. goal.com (22-may 2021-yil). Qaraldi: 22-may 2021-yil.
- ↑ Uli Hesse. „Looking for Goals“. ESPN (17-noyabr 2012-yil). 21-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-noyabr 2012-yil.
- ↑ „Lionel Messi of Barcelona sets new goal-scoring record“. BBC Sport (10-dekabr 2012-yil). 10-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2012-yil.
- ↑ Turkey vs West Germany, 12 October 1966
- ↑ „Герд Мюллер: «Завершил карьеру в 28 лет ради дочки»“. sportbox.ru (2010-yil 16-oktyabr). 2012-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-noyabr.
- ↑ „World Cup in sight as Germany see off Austria“. UEFA.com (6-sentyabr 2013-yil). 13-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2016-yil.
- ↑ www.abendblatt.de
- ↑ www.faz.net
- ↑ BOLYeZN GYeNIYa. KAK GYeRD MYuLLYeR ZAKANChIVAYeT JIZN V DOMYe PRYeSTARYeLIX
- ↑ Диана Валавичюте. „Чемпион мира и Европы Герд Мюллер скончался в возрасте 75 лет“ (ru). www.championat.com. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ 16,0 16,1 „Gerd Müller“ (de). fussballdaten.de. 19-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2014-yil.
- ↑ „Der 38. Spieltag der Regionalliga Süd 1964/1965“ (de). fussballdaten.de. 5-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2014-yil.
- ↑ „European Footballer of the Year ("Ballon d'Or")“. RSSSF. 19-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2014-yil.
- ↑ „Topscorer 2012/2013: Lionel Messi (FC Barcelona)“. eusm.eu. 4-sentyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2014-yil.
- ↑ „Fußballer des Jahres seit 1960: Die Siegerliste“ (de). kicker.de. 17-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2014-yil.
- ↑ „FIFA Order of Merit“. 24-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2015-yil.
- ↑ Fast alles über 50 Jahre Bundesliga (de). Kiepenheuer & Witsch eBook, 2013 — 139-bet. ISBN 978-3-462-30643-9. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „IFFHS announce the 48 football legend players“. IFFHS (25-yanvar 2016-yil). 24-sentyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentyabr 2016-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Gerd Müller haqida turkum mavjud |
- Gerd Müller – Player profile at FIFA.com
- Portrait of Gerd Müller at FIFA.com
- Statistics on Müller’s matches and goals at RSSSF
- 3-noyabrda tugʻilganlar
- 1945-yilda tugʻilganlar
- Nördlingenda tugʻilganlar
- 15-avgustda vafot etganlar
- 2021-yilda vafot etganlar
- Wolfratshausenda vafot etganlar
- Navboxes template with no content
- Erkak futbolchilar
- Germaniyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- FC Bayern Munich futbolchilari
- Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oltin toʻp sohiblari
- FIFA 100
- Bundesliga futbolchilari
- 1970-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari
- 1974-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
- UEFA Chempionlar Ligasi to‘purarlari
- UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- UEFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi toʻpurarlari