Dennis Bergkamp
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Dennis Nicolaas Maria Bergkamp[1] | ||
Tavallud sanasi | 10-may 1969-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Amsterdam, Netherlands | ||
Boʻyi | 1.83 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1981—1986 | Ajax | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1986—1993 | Ajax | 185 | (103) |
1993—1995 | Inter Milan | 52 | (11) |
1995—2006 | Arsenal | 315 | (87) |
Milliy terma jamoa | |||
1989 | Netherlands U21 | 2 | (0) |
1990—2000 | Netherlands | 79 | (37) |
Boshqargan klublari | |||
2011—2017 | Ajax (assistant) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Dennis Nicolaas Maria Bergkamp (1969-yil 10-mayda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. Dastlab yarim himoyachi boʻlgan Bergkamp keyinchalik hujumchi, keyin esa ikkinchi hujumchi pozitsiyasiga oʻtdi. „ Arsenal“ muhlislari Bergkampni klubda saqlab qolish uchun unga "Uchmaydigan golland " laqabi berilgan. Bergkamp koʻpchilik muhlislar tomonidan oʻz davrining eng zoʻr oʻyinchilaridan biri hamda „Ayaks“ va „Arsenal“ning eng zoʻr oʻyinchilaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.
Elektrikning oʻgʻli boʻlgan Bergkamp Amsterdamda tugʻilgan. U 11 yoshida " Ayaks " tomonidan klubga chaqirilgan va 1986-yilda professional debyut qilgan. Samarali oʻyinlari tufayli bir yildan soʻng Gollandiya terma jamoasiga chaqiruv olib, bir qancha Yevropa klublarining eʼtiborini tortdi. Bergkamp 1993-yilda Italiyaning „ Inter“ klubi bilan shartnoma imzolagan va u yerda ikki qiyin mavsum oʻtkazgan. 1995-yilda „Arsenal“ga qoʻshilganidan soʻng, u klubga uchta Premer-liga chempionligi, toʻrtta Angliya kubogi sovrini va 2006-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga oʻz hissasini qoʻshdi, bu uning futbolchi sifatidagi soʻnggi oʻyini edi. Murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanmasligini eʼtirof etgan boʻlsada, Bergkamp 2011-yildan 2017-yilgacha „Ayaks“da yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan.
Gollandiya terma jamoasi bilan Bergkamp Evro-1992 da muvaffaqiyatli qatnashib mamlakati yarim finalga qadar yetib boradi va unda Bergkamp uchta gol urdi.[4] 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatida u Argentinaga qarshi chorak finalning soʻnggi daqiqasida esda qolarli gʻalaba golini urdi, bu FIFA Jahon chempionatidagi eng yaxshi gollardan biri sifatida qabul qilindi.[5] Bergkamp 1998-yilda Faas Uilksning rekordini ortda qoldirib, mamlakatning barcha davrlardagi eng yaxshi toʻpurari boʻldi, keyinchalik bu rekord Patrik Klyuyvert, Klaas-Yan Xuntelaar va Robin van Persi tomonidan qayt etildi.
Bergkampni Yan Mulder Gollandiya terma jamoasining „eng zoʻr texnik“ oʻyinchisi[6] va jamoadoshi Tyerri Anrining „orzusidagi hujumchi“ deb taʼriflagan.[7] Bergkamp FIFA Jahonning eng yaxshi oʻyinchisi nominatsiyasida ikki marta uchinchi oʻrinni egalladi va Pele tomonidan FIFA 100 ta eng yaxshi tirik oʻyinchilardan biri sifatida tanlandi. 2007-yilda u Angliya futboli shon-sharaf zaliga kiritildi, bu sharafga sazovor boʻlgan birinchi futbolchi sifatida tarixda qoldi. Bergkamp 2021-yilda Premer-liga Shon-sharaf zaliga kiritildi. 2017-yilda Bergkampning 2002-yilda " Nyukasl Yunayted „ darvozasiga urgan goli liganing 25 yillik tarixidagi barcha vaqtlardagi eng yaxshi Premer-liga goli deb topildi.[8]
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amsterdamda tugʻilgan Bergkamp toʻrt oʻgʻlining oxirgisi edi.[9][10] U shahar chetida, oʻrta maqomiga ega boʻlishga intilgan oilada tarbiyalangan.[10] Uning otasi, elektrchi va quyi ligada havaskor futbolchi edi. Bergkamp tugʻilganda uni ismini shotlandiyalik hujumchisi Denis Lou sharafiga qoʻydi.[11] Bergkamp oilasi tomonidan Rim-katolik sifatida tarbiyalangan va bolaligida muntazam ravishda cherkovga tashrif buyurgan.[12] Garchi keyingi yillarda u cherkovga tashrif buyurish uni yoqtirmasligini aytgan boʻlsa-da, Bergkamp hali ham oʻz eʼtiqodini saqlab qoladi.[12] Bergkampning soʻzlariga koʻra, uning bolalikdagi futbol qahramonlari oʻzining toʻpga yumshoq aniq teginishlari bilan hayratga solgan Glenn Xoddl va bir vaqtlar oʻn ikki yoshida unga murabbiylik qilgan Yoxan Kroyff edi.[13]
Terma jamoadagi faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bergkamp Gollandiya terma jamoasidagi debyutini 1990-yil 26-sentyabrda Italiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.[14] U jamoadagi ilk golini 1990-yil 21-noyabrda Gretsiyaga qarshi oʻyinda urgan[15] Bergkamp Evro-1992 uchun terma jamoaga jalb etiladi, uning terma jamoasi amaldagi chempion boʻlgan. Garchi Bergkamp turnirda uchta gol urib, ajoyib taassurot qoldirgan boʻlsa-da, jamoa yarim finalda boʻlajak chempion Daniyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi.[16]
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nafaqaga chiqqanidan soʻng, Bergkamp murabbiylik qilmasligini taʼkidladi. U „Arsenal“ uchun skaut boʻlish taklifini rad etdi va oʻrniga sayohatga va oilasi bilan vaqt oʻtkazishga eʼtibor qaratdi.[17] Biroq, 2008-yil aprel oyida u sobiq gollandiyalik xalqaro futbolchilar uchun tezkor murabbiylik diplomini boshladi va „Ayaks“da stajyor rolini oʻynadi.[18][19] Gollandiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasi (KNVB) tomonidan murabbiy Betaald Voetbal kursini tamomlagan Bergkamp 2008-yil 26-oktyabrda yangi tashkil etilgan Niderlandiya B jamoasiga Yoxan Neeskensning yordamchisi etib tayinlandi[20] 2008-09-yilgi mavsumda Bergkamp D2 (U12) yoshlar jamoasi uchun masʼul boʻlgan rasmiy murabbiylik lavozimida „Ayaks“ga qaytdi. 2010-yil dekabr oyida Frank de Bur „Ayaks“ bosh murabbiyi lavozimiga koʻtarilgandan soʻng, Bergkamp „Ayaks“ning flagman A1 (U19) yoshlar jamoasi bilan shugʻullanuvchi Fred Grimning yordamchisi etib tayinlandi.[21]
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bergkamp 1993-yilning 16-iyunida Henrita Ruizendaalga uylanadi.[22] Ularning toʻrt farzandi bor: Estelle Debora, Mitchel Dennis, Yasmin Naomi va Saffron Rita.[23][24] Uning oʻgʻli Mitchel 2021-yil fevralida " Uotford U23 " safiga qoʻshildi[25] Uning jiyani Roland Bergkamp hozirda RKC Waalwijk jamoasida oʻynaydi, u avvalroq Brighton & Hove Albionda oʻynagan.[26]
OAV
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bergkamp EA Sportsʼning videooʻyinlar seriyasida, FIFA 99 xalqaro nashri muqovasida,[27] va FIFA 14 da Ultimate Team Legends roʻyxatiga kiritilgan.[28]
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayaks
- Eredivizion: 1989-90
- KNVB kubogi: 1986-87, 1992-93
- Yevropa kubogi egalari kubogi: 1986-87;[29] ikkinchi oʻrin: 1987-88[30]
- UEFA kubogi: 1991-92[31]
Inter Milan
- UEFA kubogi: 1993-94[32]
Arsenal
- Premer-liga: 1997-98, 2001-02, 2003-04
- Angliya kubogi: 1997-98,[33] 2001-02,[34] 2002-03,[35] 2004-05;[36] ikkinchi oʻrin: 2000-01[37]
- FA xayriya/jamoa qalqoni: 1998,[38] 2002,[39] 2004[40]
- UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrinchisi: 2005-06[41]
- UEFA kubogi sohibi: 1999-2000[42]
Shaxsiy sovrinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gollandiyadagi yilning eng yaxshi futbol iqtidori: 1990[43]
- Gollandiyalik yilning eng yaxshi futbolchisi: 1991,[43] 1992[43]
- Erediviziyaning eng yaxshi toʻpurari: 1990-91, 1991-92, 1992-93[44][45][46]
- UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 1992[47]
- IFFHS dunyoning eng yaxshi gol muallifi: 1992[48]
- " Oltin toʻp " sohibi: 1993 yil;[49] uchinchi oʻrin: 1992[50]
- FIFA Jahonning eng yaxshi futbolchisi bronza mukofoti: 1993,[51] 1997[52]
- UEFA kubogi toʻpurari: 1993-94[53]
- Premer-ligadagi eng koʻp golli uzatma: 1998-99 (birgalikda)[54]
- Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 1997-yil avgust, 1997-yil sentyabr, 2002-yil mart, 2004-yil fevral
- Yilning PFA jamoasi: 1997-98 Premer-liga[55]
- FWA yilning eng yaxshi futbolchisi: 1997-98
- PFA oʻyinchilari tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 1997-98
- BBC mavsumdagi goli: 1997-98, 2001-02[56]
- FIFA Jahon chempionati yulduzlari jamoasi: 1998[57]
- FIFA 100[58]
- Angliya futboli shon-sharaf zali: 2007[59]
- Premer-liga Shon-sharaf zali: 2021[60]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Dennis Bergkamp: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „Dennis Bergkamp: Overview“. ESPN. Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „Dennis Bergkamp: Overview“. Premier League. Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „Schmeichel helps Denmark down Netherlands“. UEFA.com. Union of European Football Associations (5-oktabr 2003-yil). Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
- ↑ „World Cup: 25 stunning moments … No10: Dennis Bergkamp's wonder goal“. Guardian (15-aprel 2014-yil). Qaraldi: 2-aprel 2015-yil.
- ↑ Kuper, Simon. „No more walking in a 'Burgcamp' Wonderland“. Financial Times (28-aprel 2006-yil). Qaraldi: 29-aprel 2012-yil.
- ↑ Coleman, Nick. „There was only one Dennis Bergkamp“. The Independent (22-iyul 2006-yil). 6-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2011-yil.
- ↑ Zeqiri, Daniel. „Dennis Bergkamp's Newcastle pirouette voted best goal in 25 years of Premier League football“. The Telegraph (14-avgust 2017-yil). 12-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2017-yil.
- ↑ Maas. „Op een mooie zondagmorgen“ (niderlandcha). Geuzenmiddenmeer (22-avgust 2006-yil). 21-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2017-yil.
- ↑ 10,0 10,1 Lovejoy, Joe. „The Big Interview: Dennis Bergkamp“. The Sunday Times (14-noyabr 2004-yil). 19-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2012-yil.(subscription required)
- ↑ „Dennis is worth wait in gold; The FA Cup quarter-finals: Bergkamp has not played too often, but he's still producing masterpieces“. Evening Standard (8-mart 2002-yil). Qaraldi: 28-aprel 2012-yil.[sayt ishlamaydi](subscription required)
- ↑ 12,0 12,1 Harris, Harry. „Dennis is worth wait in gold; The FA Cup quarter-finals: Bergkamp has not played too often, but he's still producing masterpieces“. The Mirror (2-yanvar 1998-yil). Qaraldi: 1-may 2012-yil.[sayt ishlamaydi](subscription required)
- ↑ „Dennis Bergkamp: One-on-one“. Four Four Two (2011-yil fevral).
- ↑ Dennis Bergkamp, David Winner „Chapter 5. Player Power“, . Stillness and Speed. Simon & Schuster, 2014 — 91-bet. ISBN 978-1-47112-953-7.
- ↑ „Uefa Euro 1992 – History – Netherlands–Greece“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2-may 2012-yil.
- ↑ „Schmeichel helps Denmark down Netherlands“. UEFA.com. Union of European Football Associations (5-oktabr 2003-yil). Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
- ↑ Sportsweek, 06/12/2009. BBC Radio 5 Live.
- ↑ Jacob, Gary. „Dennis Bergkamp ends two-year exile from game“. The Times (10-aprel 2008-yil). 2011-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2008-yil.(subscription required)
- ↑ „Bergkamp offered Ajax post“. Sky Sports (15-aprel 2008-yil). Qaraldi: 16-aprel 2008-yil.
- ↑ „Neeskens to lead Netherlands B team“. UEFA.com. Union of European Football Associations (25-oktabr 2008-yil). Qaraldi: 1-may 2012-yil.
- ↑ „Updates to youth teams' training staff“. Ajax.nl (4-yanvar 2011-yil). 21-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
- ↑ Bastiaanse, Arthur. „Historisch Archief Community“ (niderlandcha). Algemeen Nederlands Persbureau (16-iyun 1993-yil). 26-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2011-yil.
- ↑ „Bergkamp's treasure tops all his goals“. Irish Examiner (12-sentabr 1998-yil). 9-may 2005-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2011-yil.
- ↑ „Dennis omarmd in zijn eigen wonderland“ (niderlandcha). NRC Handelsblad (24-iyul 2006-yil). 3-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2011-yil.
- ↑ „Mitchel Bergkamp: Watford sign sons of Dennis Bergkamp and Mauricio Pochettino“. BBC Sport (1-fevral 2021-yil).
- ↑ „Dennis Bergkamp nephew Roland joins Brighton“. BBC Sport (1-iyul 2011-yil). Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
- ↑ „International FIFA 13 Covers“. fifauteam.com (24-avgust 2012-yil). Qaraldi: 18-mart 2015-yil.
- ↑ Suszek, Mike. „FIFA 14 getting legendary players for Ultimate Team on Microsoft consoles“. Engadget (20-avgust 2013-yil). Qaraldi: 25-avgust 2020-yil.
- ↑ „1986/87: Ajax revive their traditions“. UEFA (1-iyun 1987-yil). 2010-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „1987/88: Unsung Mechelen draw Ajax's sting“. UEFA (1-iyun 1988-yil). 2010-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „1991/92, Final, 1st leg: Torino 2–2 Ajax: Overview“. UEFA. Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „1993/94, Final, 1st leg: Salzburg 0–1 Internazionale: Overview“. UEFA. Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „BBC News | Football | Arsenal at the double“.
- ↑ „Arsenal lift FA Cup“. BBC Sport (4-may 2002-yil). 16-dekabr 2002-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Arsenal retain FA Cup“. BBC Sport (17-may 2003-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „Arsenal 0–0 Man Utd (aet)“. BBC Sport (21-may 2005-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „Owen shatters Arsenal in Cup final“. BBC Sport (12-may 2001-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „Arsenal show no charity at home from home“. The Irish Times (10-avgust 1998-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „Slick Arsenal win Shield“. BBC Sport (11-avgust 2002-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „Arsenal 3–1 Man Utd“. BBC Sport (8-avgust 2004-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „Barcelona 2–1 Arsenal“. BBC Sport (17-may 2006-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ „Penalty heartbreak for Arsenal“. BBC News (17-may 2000-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
- ↑ 43,0 43,1 43,2 „Netherlands – Player of the Year and Other Awards“. RSSSF. Qaraldi: 22-mart 2015-yil.
- ↑ „Eredivisie 1990/1991 " Top Scorer“. WorldFootball.net. Qaraldi: 12-may 2015-yil.
- ↑ „Eredivisie 1991/1992 " Top Scorer“. WorldFootball.net. Qaraldi: 12-may 2015-yil.
- ↑ „Eredivisie 1992/1993 " Top Scorer“. WorldFootball.net. Qaraldi: 12-may 2015-yil.
- ↑ „UEFA 1992 Team of the Tournament“. UEFA.com. Qaraldi: 22-mart 2015-yil.
- ↑ „THE WORLD'S BEST TOP GOAL SCORER“. IFFHS.com. Qaraldi: 21-mart 2020-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „European Footballer of the Year ("Ballon d'Or") 1993“. RSSSF. Qaraldi: 14-aprel 2015-yil.
- ↑ „European Footballer of the Year ("Ballon d'Or") 1992“. RSSSF. Qaraldi: 14-aprel 2015-yil.
- ↑ „Baggio takes 1993 World Player honour“. FIFA.com. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2015-yil.
- ↑ „Dennis Bergkamp with the FIFA Player of the Year Bronze award“. Qaraldi: 22-mart 2015-yil.
- ↑ „Fairs/UEFA Cup Topscorers“. RSSSF.
- ↑ „Premier League Player Stats - Assists“. premierleague.com. — „Select season in the "Filter by season" drop-down menu.“. Qaraldi: 1-iyun 2022-yil.
- ↑ The 1998–99 Official PFA Footballers Factfile Hugman: . Harpenden: Queen Anne Press, 1998 — 352-bet. ISBN 978-1-85291-588-9.
- ↑ „Ask Albert - Number 8“. BBC Sport (7-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2011-yil.
- ↑ „FIFA Technical Study Group designates MasterCard All-Star Team“. FIFA.com (10-iyul 1998-yil). 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2015-yil.
- ↑ „The Fifa 100“. The Guardian (4-mart 2004-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2011-yil.
- ↑ „DENNIS BERGKAMP“. National Football Museum.com.
- ↑ „Bergkamp named Hall of Fame inductee“. Premier League (19-may 2021-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.