Karl-Heinz Rummenigge
Bu maqola avtomat tarjima qilingan yoki mashina tarjimasi tayinli oʻzgartirishsiz chop etilgani eʼtirof etilmoqda. Tarjimani tekshirib chiqish hamda maqoladagi mazmuniy va uslubiy xatolarini tuzatish kerak. Siz maqolani tuzatishga koʻmaklashishingiz mumkin. (Shuningdek, tarjima boʻyicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.) DIQQAT! BU OGOHLANTIRISHNI OʻZBOSHIMCHALIK BILAN OLIB TASHLAMANG! Maqolaning originali koʻrsatilinmagan. |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 25-sentyabr 1955-yil | ||
Tavallud joyi | Lippstadt, West Germany | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | Forward | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1963–1974 | SV Lippstadt 08 | ||
Total | 424 | (220) | |
Xalqaro medallar |
Karl-Heinz Rummenigge (talaffuzi: Karl-Hayns „Kalle“ Rummenigge) olmon futbolchisidir. Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning Lippshtadt hududida 1955-yil 25-sentabrda tugʻilgan. Uning laqabi „Kalle“ boʻlgan.
Faoliyatining asosiy qismini Bavariya klubida oʻtkazgan. Uning tarkibida ikki marta Germaniya chempioni va mamlakat kubogi sohibi boʻlgan, ikki marta Yevropa chempionlar kubogi soxibi va shuningdek Qitʼalararo kubok sohibi boʻlgan.
1976-1986-yillar orasida Germaniya terma jamoasida oʻynagan. Terma jamoa tarkibida u 1980-yilYevropa chempioni boʻldi, 1982- va 1986-yillardagi ikki marta Jahon chempionatida kumush medal egasi boʻldi.
Ikki marta Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilib „Oltin toʻp“ga munosib koʻrilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karl-Heinz Rummenigge Shimoliy Reyn-Vestfaliyasidagi Lippshtadt shaxrida tugʻilgan.Futbolchilik faoliyatini „Borussiya Lippshtadt“ havaskor klubida boshlagan.Eʼtiborlisi u jamoasida oʻzidan 3-4 yosh kattalar bilan oʻynagan, chunki oʻzi tenglilardan saviya jixatdan ustun edi.Karl-Heinzning koʻrsatkichlari yuqori boʻlib u bir mavsumda 96 ta gol urgan vaqti, bir oʻyinda 16 ta gol urgan vaqti ham boʻlgan.Natijada yosh hujumchi koʻplab professionla klublarning qiziqish doirasiga tushib qolgan.Shundan soʻng u klubining asosiy jamoasiga qabul qilingan.
1974-yil yozida Rummenigge Germaniyaning eng yaxshi klublaridan biri „Bavariya“ klubiga oʻsha vaqtda yirik summa boʻlgan 10000 marka evaziga transfer qilingan.Darhol asosiy tarkibga kirgan hujumchi ilk mavsumida barcha musobaqalarda 15 tadan oshiq gol urmadi.Bu yillar davomida myunxenliklar ikki marta Yevropa Chempionlar kubogini qoʻlga kiritishdi, ammo chempionatda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishmadi.Rummenigge uchun ham jamoa uchun ham tarkib yoshartirilgandan keyin sovrinlarni qoʻlga kirita boshlashdi. Afsonaviy Gerd Myuller ketgandan soʻng Karl-Heinz jamoaning hujumida yetakchiga aylandi.1979/80-yilgi mavsumda „Bavariya“ 6 yillik tanaffusdan soʻng chempionlikni qoʻlga kiritda.Rummeniggening bir oʻzi 26 ta gol urib chempionat toʻpurari boʻldi.Keyingi mavsumda u 29 marta gol urdi va „Bavariya“ga ikkinchi chempionlikni olishiga katta yordam berdi.Har ikki mavsumda u Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sifatida topilib „Oltin to'p“ni oldi.
1980-yillar boshida Rummenigge „Bavariya“ning asosiy yulduzi edi lekin uning jamoadoshlari saviya jixatdan ancha oʻsishi zarur edi, shu sababli xalqaro maydonda klubi bilan muvaffaqiyatsiz harakat qilardi.Karl-Heinzning oʻyini tavsif qilinsa u uzoqdan aniqlikda kuchli zarba yoʻllay olardi, driblingga ega edi va boshi bilan yaxshi oʻynardi.Rummenigge oʻtgan mavsumda jamoasi bilan Germaniya kubogini qoʻlga kiritdi, oʻzi esa 3-marta bundesliga toʻpurarlar poygasida gʻalaba qildi.
29 yoshida Milanning „Inter“ klubiga oʻtdi va uch mavsum u yerda toʻp surgan boʻlsa yangi sovrinlarni qoʻlga kirita olmadi.Chunki bu vaqtga kelib uning oʻyinida pasayish ham boshlangan edi.Faoliyatining oxirida Shveysariyaning „Servett“ klubi futbolchisiga aylandi.Faoliyatining soʻnggi mavsumida Shveysariya chempionatining toʻpurari boʻldi va eng yaxshi legioner futbolchisi deb topildi.1989-yilda hujumchi futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Butun futbolchilik faoliyati davomida 426 ta oʻyinda 221 ta gol urgan.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1976-yil Rummenigge Germaniya terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi.Ikki yildan soʻng oʻzining ilk jahon chempiontiga chiqdi.Musobaqada u Meksika bilan oʻyinda dubl qayd etdi.Shuningdek „Kordova sharmandasi“ deb nom olgan avstriyaliklar bilan oʻyinda ham gol urdi.1980-yil terma jamoa bilan Yevropa chempioni boʻldi.
Ispaniyadagi Jahon chempionatida Karl-Heinz sardorligidagi terma jamoa juda yaxshi oʻyin koʻrsatdi.Avvaliga Jazoirga qarshi oʻyinda nemislarning musobaqadagi ilk golini urdi lekin nemislar Jazoirga 1:2 ga yutqazishdi.Ikkinchi oʻyinda Chili terma jamoasiga uchta gol urdi.Biroq keyin jarohatlar oʻzini yorqin ifoda etishiga toʻsqinlik qildi.Shunga qaramay Fransiyaga qarshi yarim final oʻyining qoʻshimcha boʻlimida 1:3 ga nemislar magʻlubiyatga uchrayotgan maxalda zahiradan maydonga tushdi.Oʻyinda u fransuzlarning darvoza tomon tepgan deyarli gol boʻlishi mumkin boʻlgan zarbasini qaytarib qoldi oʻzi esa jamoasining uchinchi golini urdi.Germaniya shundan soʻng penaltilar seriyasida Fransiyani musobaqadan chiqarib yuborib oʻzlari finalga yoʻl oldi.Finalda Germaniya terma jamoasi Italiyaga 1:3 hisobda magʻlub boʻldi.
Muvaffaqiyatsiz Yevro-1984 dan soʻng,Rummenigge 1986-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etdi.Terma jamoa bilan yana finalgacha yetib bordi.Finalda esa Maradona boshchiligidagi Argentina nemislarni 2:0 hisobda magʻlubiyatga uchratdi.Musobaqa yakunidan soʻng Rummenigge terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.Terma jamoa safida 95 ta oʻyinda 45 ta gol urgan.
Menejerlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil 25-noyabrda Rummenigge „Bavariya“ vitse-prezidenti etib saylandi.2002-yilning 13-fevralida u klub boshqaruv raisi etib saylanishi munosabati bilan oʻz lavozimini tark etdi.Karl-Heinz 2021-yil 1-iyulda Oliver Kanga postni topshirdi.[1][2]
Shu bilan birga 2015-yil 1-sentabrdan u UEFAning strategik maslaxatchisi va tashkilot boshqaruv aʼzosi ham hisoblanadi (2017-yil 4-sentabrgacha).
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karl-Heinz uylangan.Uning 5 farzandi boʻlib ular uch oʻgʻil va ikki qizdan iborat.
Rummeniggening Maykl ismli ukasi ham boʻlib u faoliyati davomida „Bavariya“, „Borussiya Dortmund“, „Urava Red Daymonds“ klublari va Germaniya terma jamoasida futbolchi sifatida professional faoliyat olib borgan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaviy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Bavariya"
- Germaniya chempioni 2 marta-1979/80,1980/81
- Germaniya kubogi sohibi 2 marta-1982,1984.
- Yevropa Chempionlar kubogi 2 marta-1975,1976
- Qitʼalararo kubok sohibi-1976
Terma jamoadagi yutuqlari
- Jahon chempionati kumush medali sovrindori 2marta-1982,1986.
- Yevropa chempioni-1980
Shaxsiy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oltin toʻp“ sohibi 2 marta-1980,1981
- Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi-1980-yil.
- „Onze Mondial“ soʻrovnomasiga koʻra Yevropaning eng yaxshi futbolchisi-1980,1981
- Germaniya chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1980,1981,1984
- Shveysariya chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1989-yil.
- Yevropa chempionlar kubogi toʻpurari-1980/81
- Shveysariya chempionatining eng yaxshi xorijlik futbolchisi-1989-yil.
- UEFA maʼlumotlariga koʻra va Yevropa chempionati ramziy terma jamoasiga kiritilgan-1980-yil.
- 1984-yilgi Yevropa chempionati saralashining eng yaxshi toʻpurari-7 gol.
- Jahon chempionatining ramziy terma jamoasiga kiritilgan-1982-yil.
- Jahon kubogining kumush butsasi sohibi-1982-yil.
- Jahon kubogi bronza toʻpi sohibi-1982-yil.
- „Golden Foot“-2009 sohibi. („Futbol afsonalari“ nominatsiyasi boʻyicha)
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.
- „World Football“ jurnalining XX-asrning eng buyuk futbolchilari roʻyxatiga kiritilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Bavariya“ning rasmiy saytidagi sahifa
- Fussballdaten.de saytida statistika
- Statistika soccer-europe.com saytida
- Milliy terma jamoa statistikasi rsssf.com saytida
- Qizil yonoqlar: Karl-Xaynts Rummenigge (Wayback Machine saytida 2012-07-02 sanasida arxivlangan)
- Bavaria-munchen.ru saytidagi tarjimai hol