Ronald Koeman
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ronald Kuman[1] | ||
Tavallud sanasi | 21-mart 1963-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Zaandam, Niderlandiya[2] | ||
Boʻyi | 1.81 m[2] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Niderlandiya (bosh murabbiy) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
VV Helpman | |||
GRC Groningen | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1980–1983 | Groningen | 90 | (32) |
1983–1986 | Ajax | 94 | (23) |
1986–1989 | PSV | 98 | (51) |
1989–1995 | Barcelona | 192 | (67) |
1995–1997 | Feyenoord | 61 | (19) |
Milliy terma jamoa | |||
1983–1994 | Netherlands | 78 | (14) |
Boshqargan klublari | |||
1997–1998 | Netherlands (assistant) | ||
1998–1999 | Barcelona (assistant) | ||
2000–2001 | Vitesse | ||
2001–2005 | Ajax | ||
2005–2006 | Benfica | ||
2006–2007 | PSV | ||
2007–2008 | Valencia | ||
2009 | AZ Alkmaar | ||
2011–2014 | Feyenoord | ||
2014–2016 | Southampton | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ronald Kuman - Niderlandiya professional futbol jamoasi bosh murabbiyi, 1963-yil, 21-martda tugʻilgan. Niderlandiya professional futbol menejeri va sobiq futbolchisi. Kuman oʻz kariyerasining aksariyati mudofaa sohasida oʻynagan va shunga qaramasdan 250 dan ortiq goʻl kiritgan. Kuman ham himoyachi, ham yarim himoyachi sifatida oʻynashga qodir edi, u tez-tez toʻlovchi sifatida oʻynagan, Shunday boʻlishiga qaramasdan u gol urishi, uzoq masofadan zarbasi va penalti hamda jarimalar zarbalaridan aniqligidan ham mashhur boʻlgan. Uning gol urishlari oqibatida, u barcha vaqtning eng yaxshi markaz hujumchilaridan biri hisoblanmoqda. [3]
Zaandamda tugʻilgan Kuman oʻz faoliyatini Groningenda boshladi, keyin 1983-yilda Niderlandiyaning eng muvaffaqiyatli klubi Ajaxga oʻtdi, u yerda ular 1984-85-yillarda milliy Eredivisie titulini qoʻlga kiritdi. Keyin u 1986-yilda Ajaxning raqibi boʻlmish PSVga qoʻshildi va uch marta ketma-ket Eredivisie titulini (1986-87, 1987-88 va 1988-89) va 1988-yilda Yevropa kubogiga qoʻlga kiritdi. Ronald Kuman oʻz jamoasi bilan trebl va terma jamoasi bilan kubok yutgan besh nafar Yevropalik futbolchilardan biridir. Qolgan toʻrtta oʻyinchisi uning jamoadoshari Hans van Breukelen, Berry van Aerle, Gerald Vanenburg va Wim Kieft. 1989-yilda Kuman Barselona jamoasiga oʻtdi va Johan Cryufning „Orzudagi Jamoa“ aʼzosi boʻldi. 1991-1994-yillar oʻrtasida klub La Liga ketma-ket yutadi va 1991-92-yillarda Yevropa kubokida gʻalaba qozondi, qaysiki Ronald Samapdoriaga qarshi final uchrashuvida gʻalaba goʻlini kiritadi.
Xalqaro darajadagi Kuman Niderlandiya milliy terma jamoasi yulduzlaridan biriga aylanadi, Marco van Basten, Ruud Gullit, Frank Rijkaard va Dennis Bergkamp bilan birga. Niderlandiya bilan oʻz kariyerasi davomida Kuman 1992-yildagi UEFA Yevropa gʻolibiga aylanadi, UEFA Yevropa 1992-yilda, shuningdek, 1990 va 1994-yillarda FIFA jahon chempionatlari oʻynaydi.
Kuman oʻz murabbiylik faoliyati davomida uchta Eredivisie titulini qoʻlga kiritdi: ikki marta Ajax (2001-02 va 2003-04) va bir marta PSV (2006-07). U Niderlandiya futbolining „Buyuk uch“ jamoasiga ham oʻynagan va boshqargan yagona shaxs: Ajax, PSV va Feyenoord. Chet elda u Portugaliyaning Benfica va Ispaniyaning Valensiya jamoalarida ishladi, Los Cheni 2007-08-yilgi Copa del Reyda gʻalabaga erishtirdi va 2010-yillarda Premyer Liqada Southampton va Everton klublarini boshqardi. U 2018 va 2020-yillar oʻrtasida Niderlandiya milliy jamoasining menejeri boʻlib, 2019-yilgi UEFA Millatlar ligasi ikkinchi oʻrinni egallagan. 2020-yil, avgust oyida u „Barselona“ ning menejeri etib tayinlandi, u bilan u 2020-21-yilgi „Kopa del Rey“ musobaqasini yutdi, ammo 2021-yil oktyabr oyida yangi mavsum yomon boshlanganidan soʻng ishdan boʻshatildi. 2023-yilda u Niderlandiya milliy jamoasining menejeri etib qayta tayinlandi.
Klubda faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Niderlandiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kuman oʻz professional karyerasini Groningen boshladi va 17 yosh va 183 kunligida Eredivisieʼda NEC-ga 2:0 gʻalabasi bilan oʻz debyut oʻyinini oʻtkazdi. Bu uni klub tarixidagi uchinchi eng yosh futbolchi qildi, Piet Wildschut va Bert de Voogtdan keyin. Klubda oʻtgan uch mavsumida u toʻqson oʻyinda 33 marta gol urgan yosh himoyachi Niderlandiya milliy jamoasi tomonidan chaqirilib, Eredivisie chempioni Ajaxga transfer qilinadi. Kumanning klubda oʻtgan birinchi mavsumida oʻz titlini himoya qila olmaganidan soʻng, Amsterdam jamoasi 1984-85-yillarda chempionlikni qaytarib oldi. Keyingi mavsumda Johan Cruyff Ajax bosh murabbiyi lavozimini egalladi va 34 ta Eredivisie oʻyinlarida 120 gol qoʻlga kiritdi va KNVB kubokini yutadi shuningdek, de Godenzonen faqat ashaddiy raqibi PSVdan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi.
1986-yil yozda Kuman Hans Kraay chempionlari uchun oʻynagani PSVga oʻtdi. 1986-87-yilgi mavsum oxirida Kraay isteʼfoga chiqdi va uning oʻrniga Guus Hiddink oʻtdi. PSV oʻz rahbariyati ostida mavsumning soʻnggi haftalarida ligadagi lider Ajaxni oʻz ligasi titulini himoya qilish uchun quvib oʻtishadi. Kuman uchun keyingi mavsumlarda Hiddink va PSV bilan yanada muvaffaqiyatli oʻtadi, chunki jamoa 1987-88 va 1988-89-yillarda Eredivisie titullarini qoʻlga kiritdi va klubning birinchi va hozirga qadar yagona Yevropa kubogi 1988-yil 25-mayda Stuttgart stadionida finalda Benfikani magʻlub etishadi. PSV 1988 va 1989-yillarda ham KNVB kubokini qoʻlga kiritgan. PSVda oʻtkazgan uch mavsumida, Kuman 98 ta ligada 51 ta gol uradi va bu har ikki oʻyinda oʻrtacha bittadan koʻproq goʻl urgan boladi. 1987-88-yilgi mavsumda u klub kariyerasining eng koʻp gol urgan mavsumi boʻladi, ligadagi 21 gol bilan.
1989-yilda Kuman sobiq Ajax murabbiyi Johan Cruyff bilan Barcelonaga qaytadi va u mashhur „Orzudagi Jamoa“ aʼzosi boʻldi. Klubda birinchi mavsumida Barcelona finalda Real Madridni 2:0 bilan magʻlub qilib, Copa del Reyni qoʻlga kiritdi. Hristo Stoichkov, Romário, Pep Gvardiola va Maykl Laudrup kabi futbolchilar bilan birga, Kuman 1991-yildan 1994-yilgacha klubga ketma-ket toʻrt yil davomida La Liga gʻolibi boʻlishga yordam berdi. U 1992-yilgi Yevropa kubogi finalining yagona golini Wembley stadionida Sampdoria qarshi 18 yarddan darvozaning chekkasiga toʻpni mixlab qoʻydi va Barcelona tarixida birinchi marta Yevropa chempioni boʻldi. Bu bilan u turli Yevropa musobaqalarining ikki ketma-ket finallarida gol urgan birinchi oʻyinchi boʻldi, u 1991-yilgi Yevropa Kubok gʻoliblarining finalida Manchester Yunaytedga 1-2 gʻalaba goli bilan „Barselona“ning joniga oro kiritgan edi.
Kuman oʻng oyoqlari bilan jarima zarbalaridan kuchli tepa olish qobiliyati bilan tanilgan boʻlib, u jamoa uchun koʻplab muhim gollarni qoʻlga kiritgan. La Ligadagi eng yaxshi oʻyinlaridan biri 1994-yilda Real Madrid ustidan 5-0 bilan gʻalabsi boʻlib, uning jarima zarbasida urgan mohirona goli bilan hisobini 2-0 koʻrinishiga keltirgan. Kuman 1993-94-yillarda UEFA chempionlar ligasida sakkiz gol urib eng yaxshi toʻp urar boʻlgan.
Uning „Barselona“ uchun oʻynash paytida laqabi Tintin edi, chunki u Hergé asaridagi qahramoniga jismoniy oʻxshashligi sababli, va Floquet de Neu, Barcelona hayvonot bogʻida mashhur albin gorilladan nomlangan.
Niderlandiyaga qaytish va futbolchilik faoliyatini tugatish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olti yil davomida 200 dan ortiq oʻyinda „Barselona“ libosida ishtirok etganidan soʻng, Kuman 1995-yilda Ispaniyadan chiqib, Niderlandiyaga qaytdi. Feyenoord qoʻshilish bilan u Niderlandiya futbolidagi „Buyuk uch“ klubning hammasida toʻp surgan fulbolchiga aylandi. Kuman Rotterdamda ikki mavsum oʻtkazdi va Feyenoordni uchinchi va ikkinchi oʻrinlargacha koʻtardi.
Kuman oʻz karyerasi davomida 533 oʻyinda 192 gol kiritdi (Daniel Passarelladan oldin, u 556 oʻyinida 182 gol), bu esa boshqa xohlagan himoyachidanda koʻproq gol degani.
Xalqaro faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]1983-yil, aprel oyida Kuman oʻz debyutini Niderlandiya milliy jamoasi uchun Utrextda Shvetsiya 3:0 hisobidagi soʻstona uchrashuvdagi magʻlubiyat bilan boshladi. Bu uchrashuv uning katta ukasi Erwin uchun ham birinchi Oranje uchrashuvini anglatadi. Ronaldning birinchi xalqaro golini oʻsha yilning sentabr oyida, Groningen Oosterpark stadion Islandiya 3-0 gʻalabasi bilan qoʻlga kiritdi.
Niderlandiya UEFA Yevropa 1984 va 1986 FIFA jahon chempionatlari chiqa olmaganligi sababli, Kumanning turnirda debyuti Gʻarbiy Germaniyadagi Yevro 1988-da boʻldi, u yerda Rinus Michels jamoasi yarim final bosqichida mezbonlarni magʻlub etdi va Kuman tenglashtiruvchi golni penaltidan urdi. Finalda Niderlandiya Myunxendagi Olimpiada stadionida Sovet Ittifoqi 2:0 bilan magʻlub qilib, mamlakatning yagona katta xalqaro kubokini qoʻlga kiritdi. Bu Kumanning PSV bilan trebl gʻolibi boʻlganidan keyin, 1988-yildagi ajoyib musobaqasini tugadi. Kuman va uning markaziy himoyachi doʻsti Frank Rijkaard UEFA Turnirning jamoasiga kiritildi.
Kuman 1990 va 1994-yilgi Jahon chempionatlarida, shuningdek, 1992-yil Yevro chempionatida oʻz millati uchun ishtirok etdi va Niderlandlarga 14 gol sovgʻa qildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ronald Koeman - Profile“. Soccerway. Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Koeman: Ronald Koeman: Manager“. BDFutbol. 2017-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
- ↑ „Ask ESPN FC - Goalscoring Defenders - ESPN FC“ (2017-yil 18-yanvar). 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- 21-martda tugʻilganlar
- 1963-yilda tugʻilganlar
- FC Barcelona murabbiylari
- Ispaniyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- UEFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi toʻpurarlari
- UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- UEFA Yevro 1992 oʻyinchilari
- La Liga oʻyinchilari
- FC Barcelona futbolchilari
- AFC Ajax futbolchilari
- Niderlandiyalik erkak futbolchilar
- Yashayotgan insonlar
- Koeman oilasi
- UEFA Chempionlar Ligasi to‘purarlari