Zayd ibn Ali isyoni
Zayd ibn Ali isyoni | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Umaviylar xalifaligi
|
Aliylar
| ||||||
Kuchlar | |||||||
≈12,000 | 218 |
Turkum maqolalarning bir qismi |
Islom |
---|
Zayd ibn Ali qoʻzgʻoloni – Zayd ibn Ali boshchiligida bobosi xalifa Alining vafotidan keyin Roshidun xalifaligini egallab olgan Umaviylarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon.
Qoʻzgʻolon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻn ikki imom va ismoiliy shialarning beshinchi imomi, akasi Muhammad al-Boqirdan farqli oʻlaroq, Zayd ibn Ali hoshimiylar qabilasi daʼvolarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Umaviy xalifalariga qarshi isyon koʻtarish vaqti kelganiga ishondi. Iroqqa safari chogʻida Kufadagi Aliylar tarafdorlari guruhi 10 000 nafar jangchi uni qoʻllab-quvvatlashiga va u yerdagi bir necha yuz nafar Umaviy askarlarini osongina haydab chiqarishi muminligiga ishontirdi[1]. U oʻz targʻibotini Kufa, Basra va Mosulda boshladi va armiya roʻyxatiga 15 000 kishi kiritildi[1]. Biroq Kufaning Umaviy hokimi bu fitnadan xabar topdi va aholiga katta masjidda toʻplanishni buyurdi, soʻng ularni ichkariga qamab, Zaydni qidira boshladi. Zayd bir guruh qoʻshinlari bilan masjidga yoʻl oldi va ichkaridagilarni tashqariga chiqishga chaqirdi[1].
Biroq Zaydning aksariyat tarafdorlari uni tashlab, Umaviylarga qoʻshilishdi. Uni qoʻllab-quvvatlovchilar esa ozchilikni tashkil qildi.
Shunga qaramay, Zayd kurashni davom ettirdi. Uning kam sonli tarafdorlari son jihatdan ulardan ancha ustun boʻlgan Umaviylar qoʻshiniga magʻlub boʻldi. Zayd jangda peshonasiga kelib tekkan oʻqdan halok boʻldi, oʻqni olib tashlash esa uni oʻlimga olib keldi. Vafotidan keyin Zaydning jasadi Kufadan tashqarida yashirincha dafn qilindi, biroq Umaviylar dafn etilgan joyni topishga muvaffaq boʻlishdi va qoʻzgʻolon uchun qasos olish maqsadida jasadni qazib olib, xochga mixlashdi[2]. Jasad 3 yil davomida xochga mixlangan holda qoldirildi. Xalifa Hishomning vafotidan keyin yangi tayinlangan xalifa nihoyat Zaydning jasadini xochdan olib, uni yoqishni buyurdi. Jasad yondirilib, kuli Furot daryosiga sochildi. Zayd kabi hoshimiylardan boʻlgan Abbosiylar 750-yilda Umaviylar hokimiyatini agʻdarib tashlagach, oʻz navbatida Zaydning oʻlimi uchun oʻch olish maqsadida xalifa Hishomning ham jasadini qazib, xochga mixlab, yoqib yubordi[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Wellhausen, Julius. Die religiös-politischen Oppositionsparteien im alten Islam (de). Berlin: Weidmannsche buchhandlung, 1901 — 96–97-bet. OCLC 453206240.
- ↑ Wellhausen, Julius. Die religiös-politischen Oppositionsparteien im alten Islam (de). Berlin: Weidmannsche buchhandlung, 1901 — 96–97-bet. OCLC 453206240.
- ↑ "Encyclopaedia of Islam (12 vols.)" (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 1960–2005. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.