Abdulmalik
Qiyofa
Abdulmalik yoki Abdulmalik ibn Marvon (646/647-yil — 705-yil) — umaviylarga mansub xalifa (685-705).
Abdulmalik 685–692-yillarda Makkada Abdulloh ibn Zubayr va Iroqda uning tarafdorlarini, 689–702-yillarda Damashqda Amr ibn Sayd al-Ashdaq va Eronda Abdurahmon ibn al-Ashʼasni, shuningdek xorijiylarning Iroqdagi chiqishlari (692-97)ni bostirgan; xalifalikdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markaziy hokimiyatni mustahkamlagan; moliya va soliq islohotlari oʻtkazgan; devon va idoralarda yunon, oʻrta fors tillari oʻrniga arab tilida ish yuritishni joriy etgan; Vizantiya va sosoniylar tangalarini bekor qilib, arabcha yozuvli oltin va kumush tangalar zarb qildirgan, bariyd (pochta) ishini yoʻlga qoʻygan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Abdulmalikga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |