Umaviylar
Umaviylar davlati[1] arabcha: الخلافة الأموية | |||||||
| |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
750-yilgi | |||||||
Poytaxti | Damashq | ||||||
Til(lar)i | Arab tili | ||||||
Dini | Islom, suniy | ||||||
Pul birligi | Dinor | ||||||
Maydoni | 15.000.000 kv km2 | ||||||
Aholisi | 62.000.000 kishi | ||||||
Sulola | Umaviylar | ||||||
Damashq xalifasi | |||||||
- 661-680 | Muoviya I ibn Abu Sufyan | ||||||
- 680-683 | Yazid I | ||||||
- 683-684 | Muoviya II | ||||||
- 684-685 | Marvon I | ||||||
- 685-705 | Abdulmalik ibn Marvon | ||||||
- 705-715 | Al Volid ibn Abdulmalik | ||||||
- 715-717 | Sulaymon ibn Abdulmalik | ||||||
- 717-720 | Umar ibn Abdulaziz | ||||||
- 720-724 | Yazid II | ||||||
- 724-743 | Xishom ibn Abdulmalik | ||||||
- 743-744 | Al Volid ibn Yazid | ||||||
- 744-744 | Yazid ibn al Volid | ||||||
- 744-744 | Ibrohim ibn al Volid | ||||||
Ummaviylar — Yaqin va Oʻrta Sharq Movarounnahrda hukmronlik qilgan arab xalifalari sulolasi (661 — 750) bo'lib, ular arablarning Makkadagi quraysh qabilasining umayya urugʻidan kelib chiqishgan. Asoschisi — Muoviya I.
Davlat tuzulishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umaviylar davrida arablar gʻarbda Shimoliy Afrika, Pirenei yarim orolining katta qismi, sharqda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr, Sind va boshqa hududlarni bosib olishgan. Muoviya 1 (661—680) va Abdulmalik davrida (685—705) davlatning harbiy, siyosiy, iqtisodiy qudratini oshiruvchi bir qancha maʼmuriy va harbiy islohotlar oʻtkazilgan. Hususan, halifa lavozimi nasliy boʻlib qolgan, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etilgan, arab tili davlat tili deb eʼlon qilingan, yangi (oltin, kumush va mis) pul chiqarilgan, harbiydengiz floti tashkil etilgan. Umaviylar poytaxtni Damashq shahriga koʻchirganlar, shu tufayli bu halifalikni Damashq xalifaligi deb ham atashadi. Umaviylar davrida koʻplab qoʻzgʻolonlar (736—737 yillar Oʻrta Osiyodagi Xoris ibn Surayj, 731—740 yillalarda Marokashdagi barbarlar qoʻzgʻoloni, 742-yil Magʻribda xorijiylar qoʻzgʻoloni va boshqalar) boʻlgan.
Umaviylarning qulashi
[tahrir | manbasini tahrirlash]747—750 yillalardagi Abu Muslim qoʻzgʻoloni natijasida halifa Marvon II taxtdan tushgan, hokimiyat abbosiylar qoʻliga oʻtgan.
Hukmdorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muoviya I — (661 — 680),
- Yazid I — (680—683)
- Muoviya II — (683-684)
- Marvon I — (684-685)
- Abdulmalik — (685—705)
- Valid — (705—715)
- Sulaymon — (715-717)
- Umar — (717-720)
- Yazid II — (720-724)
- Hishom — (724-743)
- Valid II — (743-744)
- Yazid III — (744)
- Ibroxim — (744)
- Marvon II — (744—750)