Shurta
Shurṭa (arabcha: شرطة) mirshab maʼnosini beradigan umumiy arabcha atama. Soʻzma-soʻz maʼnosi „tanlangan“ yoki elita kuchini anglatadi. Shurta yoki politsiya kuchi xalifalikning dastlabki kunlarida, ehtimol Usmon xalifaligi davrida (644–656) tashkil etilgan. Umaviylar va Abbosiylar xalifaliklarida shurta katta kuchga ega bo‘lib, uning rahbari sohib ash-shurta (arabcha: صاحب الشرطة) viloyat darajasida yoki markaziy hukumatda muhim amaldor boʻlgan. Shurtaning vazifalari vaqt va makonga qarab turlicha boʻlgan. Jumladan, birinchi navbatda mirshablik va ichki xavfsizlik kuchlari, shuningdek, sud funksiyalariga ham ega edi. Unga qoʻshimcha ravishda banditlikni bostirish, hisbani amalga oshirish, bojxona va soliq yigʻimlarini nazorat qilish, axlat yigʻish, noiblarni qoʻriqlash va boshqa vazifalar yuklanishi mumkin edi. Abbosiylar Sharqida mirshablar boshligʻi qamoqxona tizimini ham nazorat qilgan. Shurta 8—9-asrlarda qarorgohi Bagʻdodda boʻlgan Abbosiy xalifalarining maxfiy politsiya idoralari va amaldorlaridan biri edi[1].
10-asrdan markaziy hukumatning kuchi bilan bir qatorda shurtaning ahamiyati ham pasayib ketdi. Xorijlik harbiy toifalar (gʻilmon yoki mamolik) hukmron boʻlgan armiya ichki xavfsizlik vazifasini oʻz zimmasiga oldi, shaharlar oʻzini-oʻzi boshqarish huquqini tiklab, shurtaning tungi qoʻriqlov kabi mahalliy vazifalarini ham bajara boshladilar.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tillier, Mathieu (2008). "Prisons et autorités urbaines sous les Abbassides". Arabica 55 (3): 387–408. doi:10.1163/157005808x347462. ISSN 0570-5398. http://dx.doi.org/10.1163/157005808x347462.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nielsen, J.S. (1997). "S̲h̲urṭa". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume IX: San–Sze (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. p. 510. ISBN 978-90-04-10422-8. http://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_islam_COM_1065.