Kontent qismiga oʻtish

Qoʻngʻirot

Koordinatalari: 43°02′59″N 58°51′15″E / 43.04972°N 58.85417°E / 43.04972; 58.85417
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoniratdan yoʻnaltirildi)
Qoʻngʻirot

qoraqalpoqcha: Qońırat
shahar
43°02′59″N 58°51′15″E / 43.04972°N 58.85417°E / 43.04972; 58.85417
Mamlakat Oʻzbekiston
Respublika Qoraqalpogʻiston
Qachondan beri shahar 1963
Rasmiy til(lar)i Qoraqalpoq tili, oʻzbek tili.
Aholisi
 (2018)
80,09 ming[1]
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qoʻngʻirot xaritada
Qoʻngʻirot
Qoʻngʻirot
Qoʻngʻirot xaritada
Qoʻngʻirot
Qoʻngʻirot

Qoʻngʻirot (qoraqalpoqcha: Qońırat) (1969-yilgacha Jeleznodorojniy shaharchasi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shahar. Amudaryo deltasida, uning chap sohilida, XoʻjayliBeynov avtotrassasi boʻyida joylashgan. Qoraqalpogʻistonning shimoliy-gʻarb tomonida Amudaryoning chap tomonida Orol dengiziga 60 chaqirimdan ziyod oraliqda, okean qaddidan 61 metr balandlikda joylashgan qadimgi shahar[2]. Nukus — Beynov temir yoʻl yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi bor. Nukus shahridan 134 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Aholisi 69,2 ming kishi (2005)[3].

Qoʻngʻirot arxeologik maʼlumotlarga koʻra, 2500—2600 yillik tarixga ega. Qoraqalpogʻistondagi 5 ta tarixiy qalʼaning biri. V.V.Bartold, Ya.Gʻulomov, venger olimi G.Vamberi va boshqalar yozib qoldirgan. Qoʻngʻirot Ustyurt hududidan oʻtadigan eski guzar yoʻl va Buyuk ipak yoʻli orqali qadimdan Qozogʻiston, Rossiya, Kavkaz xalqlari bilan madaniy, savdo aloqalarini oʻrnatgan. 1842-yilda unter-ofitser xaritashunos Zeleninning tushirgan shahar planida Qoʻngʻirot 2 tomondan Talliq va Xonjop kanallari, shimoldan uzunligi 2,5 km li, janubdan 745 m li, eni 5–10 m li qoʻrgʻon devori, devor tashqarisida xandaq bilan himoya qilinganligi koʻrsatilgan. Oʻsha davrda shahar aholisi, asosan, hunarmandchilik, savdo-sotiq, baliq ovlash va shahar tashqarisida ovchilik bilan shugʻullangan[3].

Qoʻngʻirotda sanoat korxonalaridan paxta tozalash, un zavodlari, Ustyurt qidiruv parmalash boshqarmasi, „Ustyurt“ unitar shoʻba korxonasi, „Iygilik-gaz“ qoʻshma korxonasi filiali, temir-beton buyumlari zavodi, BuxoroUral va Oʻrta Osiyo — Markaz gaz quvuri magistralining kompressor stansiyalari, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ lokomotiv va vagon taʼmirlash deposi va bir nechta tarmoq korxonalari, „Urganchtransgaz“ shoʻba korxonasining gaz quvurlari tarmogʻi boshqarmasi, texnologik suv bilan taʼminlash boshqarmasi, gidroinshootlar, 3 ta avtokorxona, qurilish korxonasi, Taxiatosh neft mahsulotlari bilan taʼminlash korxonasi tuman filiali, „Qoʻngʻirotgaz“ filiali, „Qoraqalpoq-ikkilamchi qora metall“ tuman boʻlimi, 3 qoʻshma korxona („Tuz LTD“, „Qazqoʻngʻirotkarbid“, „NOIL’“), Qoʻngʻirot temir yoʻl vokzali bor[3].

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻngʻirotda 18 ta umumiy taʼlim maktabi, bolalar sport maktabi, sanoat—transport, qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlari, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti huzuridagi „Biznes maktabi“ Qoʻngʻirot filiali, tillar oʻrganish markazi mavjud. 9 ta kutubxona, Qoʻngʻirot tumani tarixi, Qoʻngʻirot temir yoʻl tarixi muzeylari faoliyat koʻrsatadi. Temiryoʻlchilar madaniyat va istirohat bogʻida ikkinchi jahon urushida qurbon boʻlganlar xotirasiga bagʻishlangan „Xotira“ yodgorligi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, Temir yoʻlchilar sanatoriya-profilaktikasi, bolalar kasalxonasi va poliklinikasi, sil kasalliklari, teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, tugʻruqxona majmuasi ishlab turibdi. Qoʻngʻirotdan Nukus, Xoʻjayli va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shaharda qoraqalpoq adiblari Berdaq, Ajiniyozlar tavallud topganlar[3].

Taniqli insonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda tugʻilganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Число постоянных жителей в Республике Каракалпакстан на 1 января 2018 года, Портал открытых данных Республики Узбекистан
  2. К.Қунназаров. Бес қала. Теңиздиң әтирапы елим. Нөкис. 2010.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 "Qoʻngʻirot" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil