Kontent qismiga oʻtish

Elobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elobod — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha. Ustyurt platosi hududida joylashgan. Transport yoʻli stansiyasi (Qirqqiz). Nukus shahridan 177 km. Maydon;200 ga. Aholisi 2655 kishi (2005). Elobod 2005-yil 16-martda Oqshoʻlaq shaharchasi tarkibidan chiqarilib alohida shaharcha sifatida tashkil etilgan. Umumiy taʼlim maktabi, Qoʻngʻirot soda zavodi majmuasi, 2 savdo shoxobchasi, klub muassasasi, sport zali, kasalxona bor. Shaharcha hududidan Qoʻngʻirot — Beynov transport yoʻli oʻtgan.