Oqshoʻlaq
Oqshoʻlaq | |
---|---|
shahar | |
43°9′33.001″N 58°12′24.998″E / 43.15916694°N 58.20694389°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qoraqalpogʻiston |
tuman | Qoʻngʻirot tumani |
Aholisi (2000) |
1 000 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Oqshoʻlaq — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha (1992-yildan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Qirqqiz. Aholisi 1 ming kishi (2000). O.da umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, klub, dorixona, tibbiy davolash muassasalari, savdo, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.[1]
Maktabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqshoʻlaqda faqat bitta № 31 sonli umumltaʼlim maktabi mavjud. Lekin bu maktab 2017-yilda qayta taʼmirdan chiqqan va unda hozirgi zamonga mos texnologiyalarning hammasi bor. Maktabda oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, rus sinflari bor.
Oqshoʻlaqdagi Uz-Kor Gas Chemical korxonasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqshoʻlaqda Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi, „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi va Koreya kompaniyalari konsorsiumi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish doirasida paritet asosida "Uz-Kor Gas Chemical" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida qoʻshma korxona tashkil etildi. Loyiha Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi strategik hamkorlikni anglatadi. Loyiha butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi Koreya kompaniyalarining eng yirik investitsiya investitsiyalaridan biridir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |