Harry Markowitz
MARKOVITS (Markowitz) Harri - amerikalik iqtisodchi. Kaliforniya universiteti professor (1968), "Arbitraj menejment kompani" prezidenta (1969—72), Pensilvaniya universiteti moliya professor (1972—74), Rutjerov universitetining iqtisodiyot va moliya boʻyicha xizmat koʻrsatgan professor Amerika moliya assotsiatsiyasi prezidenti. M. qimmatli qogʻozlar bozoriga matematik usullarni koʻllash imkoniyatlarini, shuningdek, portfel investitsiyalarini tanlash, investitsiyalarni samarali diversifikatsiyalash mu-ammolarini tadqiq etgan. U turli qimmatli qogʻozlarga kapitalni optimal investitsiyalash nazariyasini yaratdi. M.ning portfel investitsiya nazariyasi asosida qimmatli qogʻozlarni diversifikatsiyalashning maqsadga muvofiqligi va xatarlarni baholash toʻgʻrisidagi gʻoyalari AQShda katta mu-vaffaqiyat qozondi. Yirik asarlari: "Portfel tanlovi: investitsiyalarning samarali diversifikatsiyasi" (1959), "Portfelni va kapital bozorlarini tanlashda oʻrtacha va dispersiyalar taxdili" (1987). Nobel mukofoti laureati (1990; Merton Miller va William F. Sharpe bilan birgalikda).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |