Kontent qismiga oʻtish

Leonid Kantorovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leonid Kantorovich
Tavalludi
Leonid Vitalyevich Kantorovich

19-yanvar 1912[1][2]
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Vafoti 7-aprel 1986[3][4][5]
Moskva, Rossiya Sovet Federativ
Fuqaroligi SSSR va Rossiya Imperiyasi
Faoliyat yillari Rus matematigi (1912–1986)


Kantorovich Leonid Vitalyevich (1912.6(18).1, Peterburg – 1986.7.4, Moskva) – rus matematigi va iqtisodchisi, akademik (1964). Leningrad universitetini tugatgan (1930). Ilmiy ishlari hisoblash matematikasini iqtisodiyotda tatbiq etishga bagʻishlangan. Birinchi boʻlib funksional analiz usullarini hisoblash matematikasiga qoʻllagan, xususan, operatorli tenglamalarni taqribiy yechish usullarini ishlab chiqgan. Chiziqli dasturlash sohasiga asos solgan. Chizikli dasturlash asosida iqtisodiy resurslardan eng samarali foydalanish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish modelini yaratgan. Eng maqbul iqtisodiy modellar tahlilida paydo boʻladigan obyektiv shartlangan narxlarni muhim qiymatlarini aniqladi. Bu tadqiqotlar xalq xoʻjaligini optimal rejalashtirish va boshqarish nazariyasini yaratishda hamda narx belgilash, renta nazariyasi, kapital qoʻyilmalar samaradorligi va boshqa muammolarni ishlab chiqishga yordam berdi. Umrining oxirlarida iqtisodiyotda matematikasida modellar bilan shugʻullangan. Nobel mukofoti laureati (1975, T.Ch. Kupmans bilan birga). Asosiy modellari: Matematicheskiye metodi organizatsi i planirovaniya proizvodstva, Leonid, 1939; Nailuchsheye ispolzovaniye resursov, Leonid, 1965; Optimalnie resheniya ekonomike, Leonid, 1972[6].