Bertil Ohlin
Bertil Ohlin | |
---|---|
Tavalludi |
23-aprel 1899[1][2][3][4] |
Vafoti | 3-avgust 1979[5][1][4] |
Fuqaroligi | Shvetsiya |
ULIN (Ohlin) Bertil (23-aprel 1899-yil, Klippan — 1979-yil, Stokgolm) — shved iqtisodchisi va siyosat arbobi. Stokgolm oliy maktabi va Kopengagen universiteti (1924—29), Stokgolm oliy savdo maktabi (1929—65) professor Shvetsiya savdo vaziri (1944—45). 1949—60 va 1969—70 yillarda Yevropa Kengashida, 1955—70 yillarda Shimoliy kengashda Shvetsiyaning vakili. Shvetsiya xalq partiyasi raisi (1944—67). U. "Mintaqalararo va xalqaro savdo" asarida E. Xeksher va P. Samuelson bilan birga ishlab chiqarish omilaarittt xalqaro taqsimoti nazariyasiga asos soldi. U xalqaro savdo va xalkaro kapital harakati nazariyalariga ham katta hissa qoʻshdi. Keyns qarashlarini rivojlantirgan holda davlat xususiy tadbirkorlar va monopoliyalar uchun qulay sharoitlar yaratib berishi mumkin boʻlgan mutanosib raqobat, monopoliya va davlat tomonidan tartibga solish nazariyasini asoslab bergan. K. Vikseld va E. Lindalning izdoshi boʻlib, iqtisodiy taraqqiyotning "shved modeli"ni butunlay qoʻllabquvvatladi. Nobel mukofoti laureata (1977, J. Mid bilan birga). Ad.: Fomin B. S, Ekonometricheskiye teorii i modeli mejdunarodnix ekonomicheskix otnosheniy, M., 1970.[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ 4,0 4,1 — Т. 1. — С. 155.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |