Paul Samuelson
Paul Samuelson (1915.15.5, Geri, AQSH, Indiana shtati) — amerikalik iqtisodchi. 1940-yildan Massachusets texnologiya institutida profassistenti, 1966-yildan shu institut professor 1941-yildan boshlab oʻqituvchilik bilan birga davlat muassasalarida maslahatchilik ham qilgan (1961—68 yillarda Oq uyning iqtisodiyot boʻyicha maslahatchisi). Xalqaro iqtisodiy uyushma prezidenta (1965— 68). S.ning ilmiy ishlari hozirgi zamon iqtisodiyot fanining deyarli barcha sohalarini qamraydi. Iqtisodiy dinamika nazariyasi, iqtisodiy sikllar, isteʼmolchi talabi nazariyasi, farovonlikning iqtisodiy nazariyasi, xalqaro iqtisodiyot nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan. S.ning iqtisodiy qarashlari qisqacha neoklassik sintez deb ataladi va daromadlarning taqsimlanish qonuni hozirgi zamon marjinalistik goyalarining "klassik" prinsiplar bilan birgalikda tahlil etiladi. S. aralash iqtisodiyot nazariyasi tarafdori, yaʼni davlatning iqtisodiyotga qisman aralashuvini maʼqullaydi. S.ning "Ekonomiks" darsligi (1945) va "Iqtisodiy tahlil asoslari" (1948) asari bir necha bor nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (1970).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |