James Meade
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
MID (Meade) Jeyms Eduard (1907.23.6, Suonije, Dorset grafligi, Buyuk Britaniya — 1995.22.12) — ingliz iqtisodchisi. 1937-yilda Millatlar Ligasi kotibiyatida "Jahon iqtisodiy sharhi" nashri muharriri. 1940-yilda Angliyaga qaytib kelib, J. M. Keyns guruhida Xalqaro valyuta fondini tashkil etish orqali xalqaro moliyaviy va savdo tizimini qayta qurish muammolari bilan shugʻullandi. Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi Kotibiyatining iqtisodiy boʻlimi direktori (1940—45), London iqtisodiy maktabi professor (1947—57), Kembrijunti siyosiy iqtisod professor (1957—1969).
Asosiy asarlari: "Iqtisodiy siyosat nazariyasi I. Toʻlov balansi" (1951), "Xalqaro savdo geometriyasi" (1952), "Iqtisodiy siyosat nazariyasi P. Savdo va farovonlik" (1955), "Bojxona ittifoqlari nazariyasi" (1955),"Iqtisodiy oʻsishning neoklassik nazariyasi" (1961), shuningdek, siyosiy iqtisod tamoyillari tadqiq etilgan "Oʻsayotgan iqtisodiyot" (1968), "Boshqariladigan iqtisodiyot" (1970), "Barqaror iqgisodiyot" (1971), "Adolatli iqtisodiyot" (1975), "Talabni boshqarish" (1983) va boshqa
M. xalqaro savdo nazariyasini yaratdi, ichki iqtisodiyot va tashqi savdo operatsiyalari oʻrtasidagi muvozanat shartlarini, iqtisodiy siyosatning samarali vositalarini tahlil etdi. Xalqaro savdoning raqobatbardosh ichki bozorlarga ega boʻlmagan mamlakatlar aholisining turmush darajasiga taʼsirini asoslab berdi, ichki iqtisodiy siyosat va daromadlarning taqsimlanishi, kapital jamgʻarish muammolarini tadqiq qildi. Nobel mukofoti laureati (1977, B. Olin bilan birgalikda).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |