Thomas Schelling
Qiyofa
Shelling Tomas (1921. AQSH, Merilend) — amerikalik iqtisodchi. 1945-yildan AQSH federat byudjet byurosida ishlagan, Garvard universitetida doktorlik ilmiy darajasini olgan. Merilend universiteti professori. 1999-yil Amerika iqtisodiy assotsiyasi prezidenti, shu tashkilotning faxriy aʼzosi. Sh. savdolashish nazariyasiga katta hissa qoʻshgan. Ilmiy ishlari harbiy strategiya, atrofmuhitni muhofaza qilish siyosati, iqlim oʻzgarishi, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik. xorijiy mamlakatlarga yordam va xatqaro savdo, ixtiloflar va savdolashish muammolariga bagʻishlangan. 1981-yil "Qurollanish strategiyasi va nazorat", 1984-yil "Tanlov va uning oqibatlari" kitoblari nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (2005. R.Omann bilan birga)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |