Kontent qismiga oʻtish

Daniel McFadden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daniel Little McFadden (2014)

Daniel McFadden (1937-yil 29-iyul, Roli, AQSH) — amerikalik iqtisodchi, Minisota universiteti oʻqituvchisi (1957–62), Berklidagi Kaliforniya universiteti professori(1968–79), Kembrij universitedida kafedra mudiri (1986–88), Kaliforniya universiteti professori va kafedra mudiri (1990-yildan), ekonometrika laboratoriya direktori (1991–95 va 1996-yildan), AQSH Ekonometrika jamiyati prezidenti (1985), Amerika iqtisodiy uyushmasi vitse-prezidenti (1994) kabi koʻplab lavozimlarda faoliyat olib borgan. McFaddenning ilmiy ishlari ishlab chiqarish nazariyasi, iqtisodiy tahlil va matematik usullarni iqtisodiyotda qoʻllash, ekonometrika, mikroekonometrika, iqtisodiy oʻsish va rivojlanish, transport, energetika va sogʻliqni saqlash, tashqi muhitni muhofaza qilish iqtisodiyoti va boshqa zamonaviy mikroiqtisodiy tahlilning nazariy va amaliy muammolariga bagʻishlangan.2000-yilda Nobel mukofoti laureati sovrindori.

Erta hayot va taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mckfadden 1937-yil 29-iyulda Shimoliy Karolina shtatining Rali shahrida tavallud topgan . Minnesota universitetida tahsil olib, u yerda fizika bo'yicha bakalavr hamda Ph.D. darajalarini yoqlagan. Besh yildan so'ng 2007-yilda Minnesota universitetida boʻlganida uning maslahatchisi Leonid Xurvich iqtisod bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1964-yilda Mckfadden Berkli Kaliforniya universiteti fakultetiga a'zo boʻldi va o'z tadqiqotini iqtisodiy nazariya va o'lchovlarni bog'lash muammosi boʻyicha olib bordi. 1974-yilda u Shartli logit tahlilini joriy qildi . 1975- yilda MakFadden Jon Beyts Klark medaliga sazovor boʻldi. 1977-yilda Massachusets texnologiya institutiga ko'chib o'tdi . 1981-yilda Milliy fanlar akademiyasiga saylangan.

1991-yilda Berkliga qaytib, iqtisodga oid ilovalar uchun statistik hisob-kitoblarga bag'ishlangan Ekonometrika laboratoriyasiga asos soldi. Shu yerda direktor sifatida ishda qoldi . 2000-yilda iqtisod bo'yicha Ervin Plan Nemmers mukofotini qo'lga kiritdi va 2006-yilda Amerika falsafiy jamiyatiga rahbar etib tayinlandi.