Kontent qismiga oʻtish

Douglass North

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Douglass Cecil North (1997)

Douglass North (1920.5.11, Kembrij, Massachusets shtati — 2015.23.11, Benzonia, Michigan shtati) — amerikalik iqtisodchi. Sietl (1960—83) va Sent-Luisdagi Vashington universiteti professor (1983-yildan). N. Yevropa va AQSH iqtisodiy rivojlanishida institutsional omillarning ahamiyatini tadqiq etgan. Institutsional tuzilmalarning iqtisodiy bi-timlar va harajatlar tavsifini belgilab berishini, alohida xoʻjalik subʼyektlarining iqtisodiy faoliyatga kirishish imkoniyatlari va afzalliklari masalalarini asoslab berdi. Tarixiy hodisalarni oʻrganishda iqtisodiy nazariya va miqdoriy usullarni qoʻllash boʻyicha tadqiqotlari muhim oʻrin tutadi. Nobel mukofoti laureati (1993; Robert Fogel bilan birgalikda)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil