Potsdam
Potsdam | |
---|---|
Shahar | |
52°24′0″N 13°4′0″E / 52.40000°N 13.06667°E | |
Mamlakat | Germaniya |
Yer | Brandenburg |
Hukumat | |
• mer | Jann Jakobs |
Ilk eslatilishi | 993 |
Qachondan beri shahar | 1345 |
Maydon | 18,728 km2 (7,231 kv mi) |
Markazi balandligi | 35 m |
Aholisi (2010) |
156 906 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | +49 (0)331 |
Pochta indeks(lar)i | 14401-14482 |
Avtomobil kodi | P |
|
Potsdam — Germaniyadagi shahar. Brandenburg yerining maʼmuriy markazi. Berlindan jan.-gʻarbdagi koʻllar boʻyida joylashgan. Aholisi 129,8 ming kishi (1998). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Xafel daryosi boʻyidagi port. Mashinasozlik rivojlangan. Kimyofarmatsevtika, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatning tarixiy va mada-niy markazlaridan. Kinematografiya va televideniye oliy maktabi, astrofizika rasadxonasi, muzey bor.
P. yilnomalarda 10-asrdan tilga olingan. 13-asrda Brandenburg Markgrafligi tarkibiga kirgan. 15-asrda shahar huquqini olgan. 18-asr oxiridan Prussiya qirollarining yozgi qarorgohi.
P.da 1945-yilda SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya davlat rahbarlarining konferensiyasi (Berlin konferensiyasi) boʻlib oʻtgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 18—19-asrlarda qurilgan saroy va cherkovlar, shu jumladan, San-Susi saroybogʻ majmuasi (1745—62) saqlangan.[1]
Potsdam Germaniyaning Brandenburg yerida joylashgan shahardir. Ushbu shahar Maydoni — 187,28 km2. 156 906 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Potsdamning hududi 188,26[2][3] km2dir. Dengiz sathidan oʻrtacha 35 m balandlikda joylashgan.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Soni | |
---|---|---|
2012 | 159 456 | |
2013 | 161 097 | |
2014 | 163 668 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
2015 | 167 505 | |
2016 | 171 810 | |
2017 | 175 710 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
2018 | 178 347 | |
2019 | 180 334 | |
2020 | 182 219 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
2021 | 182 112 | |
2022 | 185 750 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title) — Federal Statistical Office.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |