Bahodir Ibrohimov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bahodir Xodjievich Ibrohimov | ||
Tavallud sanasi | 20-noyabr 1945-yil | ||
Tavallud joyi | Fargʻona Oʻzbekiston SSR | ||
Vafot sanasi |
21-avgust 2013-yil (67 yoshda) | ||
Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 170 cm (5 ft 7 in) | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1963—1972 | Paxtakor | 194 | (23) |
1973 | Andijon | ? | (4) |
Boshqargan klublari | |||
1973—1976 | Avtomobilist | ||
1978 | Neftchi | ||
1979 | Dinamo Samarqand | ||
1984—1986 | Paxtakor | ||
1993 | Paxtakor | ||
1996 | Oʻzbekiston | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Bahodir Xodjievich Ibrohimov (ruscha: Ибрагимов, Бохадыр Ходжиевич; 20-noyabr 1945-yil Fargʻona – 21-avgust 2013-yil, Toshkent) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchisi va murabbiyi[1]. 1996-yilgi mavsumda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.
Futbolchi sifatidagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik faoliyatini 1963-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubida boshlagan va bu jamoada 10 ta mavsumni oʻtkazgan. Bu vaqt ichida Ibrohimov klub tarixida sezilarli iz qoldirdirib, Gennadiy Krasnitskiy, Birodar Abduraimov kabi toshkentlik yetakchi hujumchilar bilan bir jamoada toʻp surdi. Bahodir Ibrohimov futbolchilik faoliyatini 1973-yilda „Andijon“ jamoasi tarkibida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahodir Ibrohimov murabbiylik faoliyatini 1973-yilda Termizning „Avtomobilist“ jamoasida boshlagan. Moskvadagi Oliy murabbiylar maktabini tamomlaganidan soʻng Fargʻonaning „Neftchi“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalariga ustozlik qilgan.
1984-yildan 1986-yilgacha „Paxtakor“ bolalar va oʻsmirlar maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 1986—1991-yillarda Yaqin Sharq davlatlaridan Suriya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarda murabbiylik faoliyatini davom ettirgan[2].
1993-yilda yana „Paxtakor“ga qaytib, klub bosh murabbiyi boʻldi. Ibrohimov boshchiligida toshkentliklar chempionatda ikkinchi boʻlib, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.
1996-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning rahbarligida jamoa 1996-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichini qiyinchilik bilan yengib chiqadi, shuningdek, 1996-yilgi Osiyo kubogining soʻnggi bosqichida ham nihoyatda omadsiz ishtirok etadi. Shundan soʻng Ibrohimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan chetlashtirilgan.
Vafotidan soʻng uning nomi ostida har yili xotira turnir oʻtkazib kelinmoqda[3].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Superligasi kumush medali sovrindori: 1993-yil
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1993-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bahodir Ibrohimov hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi“ (2013-yil 20-noyabr).
- ↑ Safarov V. A. Ensiklopediya futbola v Uzbekistane 1912—2012. – T. 2014. – S. 385.
- ↑ „Bahodir Ibrohimov xotira turniri davom etmoqda“ (2014-yil 22-avgust).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Futbook.ru saytidagi statistika
- Bahodir Ibrohimov FootballFacts.ru saytida (ruscha)
- 20-noyabrda tugʻilganlar
- 1945-yilda tugʻilganlar
- Fargʻonada tugʻilganlar
- 21-avgustda vafot etganlar
- 2013-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Paxtakor futbol klubi murabbiylari
- Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari
- Fargʻona sport kishilari
- Toshkentlik futbolchilar
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- SSSR futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari chet elda
- Neftchi futbol klubi murabbiylari
- Surxon murabbiylari