Kontent qismiga oʻtish

Davron Fayziyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada Davron ismli va Fayziyev familiyali boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud. Jurnalist Davron Fayziyev bilan adashtirib yuborilmasin.
Davronjon Orifovich Fayziev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Davron Fayziev
Tavallud sanasi 14-yanvar 1976-yil (1976-01-14) (49 yosh)
Tavallud joyi Samarqand, O'zbekiston SSR SSSR
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011 Soʻgʻdiyona 14
1996 MHSK 24
1997-1999 Soʻgʻdiyona 86 (7)
2000 Dinamo 36 (7)
2000-2001 CSKA Moskva 23
2002 Alania Vladikavkaz 12
2003 Navbahor Namangan 13 (1)
2003-2006 Nasaf Qarshi 93 (4)
2007-2008 Dinamo 58 (7)
2009 Soʻgʻdiyona 27 (6)
Milliy terma jamoa
1997-2007 Oʻzbekiston 26 (2)
Boshqargan klublari
2012-2017 Soʻgʻdiyona
2018-2019 Dinamo
2020-2021 Qoʻqon 1912 assistent
2021 Buxoro
2022-2023 Qoʻqon 1912
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Davron Fayziyev (oʻzbek: Davron Fayziyev) (1976-yil 14-yanvar, Samarqand, Oʻzbekiston) — nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi va murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayziev himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynadi. U Oʻzbekiston va Rossiya Premer-ligasining koʻplab klublarida, jumladan, CSKA Moskva va Alaniya Vladikavkazda oʻynagan. Professional faoliyatini 1993-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. 1996-yilda MHSK safida bir mavsum oʻynadi. 2000-yilgi mavsumni Samarqand-Dinamo klubida oʻtkazgan, biroq oʻsha yilning yozida Rossiyaga koʻchib oʻtgan, u yerda CSKA Moskvada oʻynagan. 2001-yil dekabr oyining oxirida CSKA futbol klubi rahbari Marian Plaxetko uning transferga qoʻyilganini bildi va bir necha hafta oʻtgach, u Alaniyaga  sinov uchun keldi va tez orada shartnoma imzoladi.[1] 2003-yilda vataniga qaytib, „Navbahor“ va „Nasaf“ klublarida toʻp surgan. 2007-yildan Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻynagan va u bilan ikki yillik shartnoma imzolangan,[2] muddati tugagach, „Soʻgʻdiyona“ga qaytdi. 2010-yilda „Xorazm“da oʻynagan. Faoliyatini „Soʻgʻdiyona“ klubida yakunlagan.

1997-yil 29-sentyabrda 1998-yilda futbol boʻyicha jahon chempionati saralash bosqichida Kambodjaga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasida 4:1 hisobida gʻalaba qozongan. U 1997—2007-yillarda milliy terma jamoa safida 26 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan.[3]

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Fayziev futbolchilik faoliyatini yakunlab, „Soʻgʻdiyona Jizzax“ jamoasini boshqara boshladi. 2012-yilda „Soʻgʻdiyona“ bilan Birinchi ligada 1-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston ligasiga yoʻl oldi.[4] 2017-yil natijlar yomonlashuvi sababli istefoga chiqarildi.[5] 2018-yil mavsum boshida Pro liga vakili Samarqandning „Dinamo“ klubi bilan shrtnoma imzoladi.[6][7] 2021-yil „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[8] Hozirda „Qoqon 1912“ jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.[9][10] 2024-yil yanvar oyidan "OKMK" jamoasida murabbiylar shtabi a'zosi[11].

  1. „Даврон Файзиев: Готов продолжить традицию земляков“. 13-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2015-yil.
  2. „Даврон Файзиев может остаться без работы“. 13-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2015-yil.
  3. „Даврон Файзиев. Биография“. 13-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2015-yil.
  4. „Файзиев 5 йиллик фаолиятдан сўнг "Сўғдиёна"ни тарк этди“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktyabr 2022-yil.
  5. „"Сўғдиёна": Даврон Файзиев ўз аризасига кўра вазифасидан озод қилинди“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktyabr 2022-yil.
  6. „Даврон Файзиев - «Динамо» бош мураббийи“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktyabr 2022-yil.
  7. „Суперлигада навбатдаги истеъфо“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktyabr 2022-yil.
  8. „Расман: Даврон Файзиев "Бухоро" бош мураббийига айланди“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktyabr 2022-yil.
  9. „Расмий хабар: Даврон Файзиев – "Қўқон-1912" бош мурабиийи!“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktyabr 2022-yil.
  10. „Расман: Даврон Файзиев "Қўқон-1912" бош мураббийлигидан истеъфога чиқарилди“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  11. „“Қўқон-1912" собиқ бош мураббийи ОКМКда иш бошлади“ (2024-yil 20-yanvar).