Pieter Huistra
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 18-yanvar 1967-yil | ||
Tavallud joyi | Goënga, Friesland, Niderlandlar | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | Qanot yarim himoyachisi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1984-1986 | Groningen | 17 | (1) |
1986-1987 | Veendam | 33 | (5) |
1987-1990 | Twente | 93 | (17) |
1990-1995 | Rangers | 125 | (22) |
1995-1996 | Sanfrecce Hiroshima | 63 | (13) |
1996-1997 | Groningen | 9 | (2) |
1997-2000 | Lierse S.K. | 54 | (11) |
2000-2001 | RBC Roosendaal | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1988-1991 | Niderlandlar milliy futbol terma jamoasi | 8 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2001-2005 | Groningen −19 | ||
2005-2009 | Vitesse Arnhem | ||
2009-2010 | Ajax | ||
2009-2010 | Jong Ajax | ||
2010-2012 | Groningen | ||
2012-2013 | De Graafschap | ||
2014-2015 | Indoneziya milliy futbol terma jamoasi | ||
2016 | Iwaki | ||
2017-2020 | Paxtakor (yordamchi) | ||
2021-2022 | Paxtakor | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Pieter Egge Huistra (talaffuzi: Piter Xyuystra; 1967-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik futbol murabbiyi va sobiq qanot yarimhimoyachisi. Huistra 1990-1995-yillarda Shotlandiya Preymer-divizioni „Ranjers“ klubida oʻynagan. "J" ligasida „Sanfrechche Hirosima“ jamoasida oʻynash uchun ketgan. 2001-yilda u „Yong Groningen“ klubi bosh murabbiyi sifatida murabbiylik faoliyatini boshlagan. „Vitess“da Aad de Mossning yordamchi murabbiyi etib tayinlanishidan oldin, toʻrt yil davomida ular bilan birga oʻynadi. „Ayaks“da yordamchi murabbiy boʻldi va 2009-yil 24-aprelda ularning bosh murabbiyi etib tayinlandi. Oʻshanda u 2010-2011-yilgi mavsumda „Groningen“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2012-yil 30-mayda u Eerste Divizion klubi De Graafshap bosh murabbiyi boʻldi. Nihoyat, 2014-yil 3-dekabrda u Indoneziya milliy futbol terma jamoasining texnik direktori etib tayinlandi.
Futbolchi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huistra oʻzining futboldagi faoliyatini havaskor sifatida „Joure“ va „Drachtster Boys“ klublarida boshlagan, bu yerda uning fazilatlari tezda ajralib turardi. U 1984-yil 5-sentyabrda, 17 yoshida „Groningen“ jamoasida professional futboldagi debyutini namoyish qildi, o‘shanda „Volendam“ga qarshi o‘yinda (1:3) oltmish daqiqadan so‘ng Ann Mulderning o‘rnini egalladi. Ikki mavsumdan soʻng, „BV Veendam“ klubiga ijaraga berildi, keyin Gollandiya Premyer-ligasiga kirdi. Keyin uni „Tvente“ga murabbiy Kees Rijvers olib keldi. Chap qanot himoyachisi jamoada doimiy oʻyinchiga aylandi va Gollandiya terma jamoasiga yetib keldi. Jarohat tufayli 1990-yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin edi. U jami sakkizta xalqaro oʻyin oʻtkazdi.
Rangers
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-1995-yillar oraligʻida Huistra Shotlandiya Premyer-divizionining „Rangers“ klubida oʻynadi va bu klubda oʻynagan bir qator gollandiyalik futbolchilar orasida birinchi boʻldi va beshta Liga medali, uchta Liga kubogi va ikkita Shotlandiya kubogi medalini qoʻlga kiritdi. Uning „Reynjers“ bilan xayrlashuv o‘yini 1995-yil 14-yanvarda Brokvill Parkda „Falkirk“ga qarshi kechgan va 3:2 hisobida g‘alaba qozongan holda 2 ta gol urgan. U J-1 ligasida Sanfrechche Xirosimada oʻynash uchun Reynjersni tark etdi.
Murabbiylik karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huistra murabbiylik faoliyatini 2000-yilda Gollandiyaning U-17 milliy terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. 2001-yilda Gonkong jamoasida yordamchi murabbiy boʻldi. Soʻng „Groningen“ klubiga qaytib, yoshlar akademiyasida ishladi va U-19 jamoasini toʻrt yil davomida boshqardi. 2005-yil 1-iyulda Groningenni tark etdi va „Vitesse Arnhem“da yangi yordamchi murabbiy etib tayinlandi. Vitessdan soʻng u jarohatlangan Rob Vitshgening oʻrniga OFK Ayaksda yordamchi murabbiy boʻldi [1] va 2009-yil 24-aprelda[2][3] „Groningen“ murabbiyi tavsiyasi bilan Yong Ayaksning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Yans mavsum oxirida klubni tark etish niyatini eʼlon qildi, Huistra 2010-11 yilgi mavsum uchun yangi jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi[4].
Ikki mavsum bosh murabbiy boʻlib ishladi. Birinchi mavsum juda muvaffaqiyatli oʻtdi. Hujumkor va hayajonli oʻyinda futbol boʻyicha Yevropa Ligasi yoʻllanmasi uchun pley-off finaliga chiqdi. Ikkinchi mavsumda klub uning shartnomasini yangiladi, ammo koʻplab eng yaxshi futbolchilar boshqa jamoalarga sotildi. Yangi jamoa 2010-2011 yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatni takrorlay olmadi. Kasallik va jarohatlar tufayli klub pley-offga chiqa olmadi va 14-oʻrinda yakunlandi. 2012-yil 10-may kuni murabbiylikdan boʻshatildi[5].
2012-yilning 30-mayida 2012-2013-yilgi mavsumdagi Eerste Divizion klubini yuqori ligaga qaytarish maqsadida yangi bosh murabbiy sifatida eʼlon qilindi[6]. Toʻliq yangi jamoa bilan birinchi mavsumida u bosqich unvonini qoʻlga kiritdi va oyning eng yaxshi menejeri deb topildi. Koʻtarilish uchun pley-offda jamoa ikkinchi davrada Roda JCga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi. Ikkinchi mavsumda Huistra muxlislarning kichik bir qismi bilan ziddiyatga tushib qoldi va 2013-yil 24-dekabrda ishdan boʻshatildi.
2014-yil 3-dekabrda Indoneziya futbol assotsiatsiyasi „PSSI“ jamoasining texnik direktori etib tayinlandi[7].
2015-yilning 7-may kuni u Indoneziya terma jamoasiga JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralash bosqichi uchun vaqtinchalik murabbiy etib tayinlandi. Afsuski, oradan 1 oy oʻtib, FIFA Indoneziyaga siyosiy aralashuv tufayli ishtirok etishni taqiqladi.
Yanvar oyida Huistra Yaponiyaning „Ivaki FC“ klubi bosh murabbiyi boʻldi. „Dome“ shirkati nazorati ostida yangi startap-klubning texnik rahbari boʻldi. Birinchi mavsumda klub bir nechta mintaqaviy va milliy sovrinlarni qoʻlga kiritdi.
2017-yilning 31-martida, mavsum oxirigacha Slovakiya chempioni — „AS Trenchin“ jamoasining texnik maslahatchisi etib tayinlandi[8]. Mavsum yakunlanganidan soʻng, klubni tark etib, Oʻzbekistonning "Paxtakor" klubiga oʻtdi[9]. Shota Arveladze bilan birgalikda klubni 8-o‘rindan 3-o‘ringa olib chiqib, Osiyo chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi mavsumda „Paxtakor“ ikkinchi oʻrinda yakunlandi va Kubok finaliga chiqdi. 2018-yilning dekabr oyida oʻzbek klubi barcha texnik xodimlar bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi. 2019-yilda klub ikki saralash bosqichida g‘alaba qozonib, Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Huistra 2022-yil 10-yanvarda „Paxtakor“ni tark etdi[10].
Klub statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublar | Liga | Kubok | Liga kubogi | Jami[11] | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar |
Niderlandlar | Liga | KNVB kubogi | Liga kubogi | Jami | ||||||
1984/85 | Groningen | Eredivisie | 10 | 1 | 10 | 1 | ||||
1985/86 | 7 | 0 | 7 | 0 | ||||||
1986/87 | Veendam | Eredivisie | 33 | 5 | 33 | 5 | ||||
1987/88 | Twente | Eredivisie | 34 | 8 | 34 | 8 | ||||
1988/89 | 34 | 6 | 34 | 6 | ||||||
1989/90 | 25 | 3 | 25 | 3 | ||||||
Shotlandiya | Liga | Shotlandiya kubogi | Liga kubogi | Jami | ||||||
1990/91 | Rangers | Premyer-divizion | 27 | 4 | 27 | 4 | ||||
1991/92 | 32 | 5 | 32 | 5 | ||||||
1992/93 | 30 | 4 | 30 | 4 | ||||||
1993/94 | 21 | 6 | 21 | 6 | ||||||
1994/95 | 15 | 3 | 15 | 3 | ||||||
Yaponiya | Liga | Imperator kubogi | "J" Liga kubogi | Jami | ||||||
1995 | Sanfrecce Hiroshima | J1-liga | 35 | 6 | 5 | 2 | - | 40 | 8 | |
1996 | 28 | 7 | 0 | 0 | 14 | 5 | 42 | 12 | ||
Niderlandlar | Liga | KNVB kubogi | Liga kubogi | Jami | ||||||
1996/97 | Groningen | Eredivisie | 9 | 2 | 9 | 2 | ||||
Belgiya | Liga | KNVB kubogi | Liga kubogi | Jami | ||||||
1997/98 | Lierse | Birinchi divizion | 32 | 11 | 32 | 11 | ||||
1998/99 | 22 | 0 | 22 | 0 | ||||||
1999/00 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||||||
Niderlandlar | Liga | KNVB kubogi | Liga kubogi | Jami | ||||||
Davlat | Niderlandlar | 152 | 25 | 152 | 25 | |||||
Shotlandiya | 125 | 22 | 125 | 22 | ||||||
Yaponiya | 63 | 13 | 5 | 2 | 14 | 5 | 82 | 20 | ||
Belgiya | 54 | 11 | 54 | 11 | ||||||
Jami | 394 | 71 | 5 | 2 | 14 | 5 | 413 | 78 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Huistra neemt tijdelijk taken Witschge over bij Ajax (Wayback Machine saytida 2010-01-14 sanasida arxivlangan) on www.sportweek.nl
- ↑ Pieter Huistra bijna rond met Ajax (Wayback Machine saytida 2009-09-08 sanasida arxivlangan) on www.sportwereld.nl
- ↑ 'Pieter Huistra komende twee jaar trainer Jong Ajax' (Wayback Machine saytida 2010-01-13 sanasida arxivlangan) on www.sportweek.nl
- ↑ „Huistra en Van de Looi nieuwe technische staf FC Groningen“. 2009-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Groningen fire head coach Pieter Huistra | Goal.com“.
- ↑ „Huistra nieuwe coach van gedegradeerd De Graafschap“ (nl). Voetbal International (2012-yil 30-may). 2012-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-iyun.
- ↑ „PSSI Tunjuk Pieter Huistra Sebagai Direktur Teknik“ (id). Qaraldi: 2014-yil 7-dekabr.
- ↑ „V realizačnom tíme Trenčína bývalý hráč Glasgow Rangers | Novinky | Oficiálny portál ligového futbalu - fortunaliga.sk“. 2017-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ „Pieter Huistra aan de slag in Oezbekistan“ (nl). de Gelderlander (2017-yil 25-iyun). Qaraldi: 2017-yil 7-iyul.
- ↑ „«ПАХТАКОР» Футбол клуби“.
- ↑ Pieter Huistra National-Football-Teams.com saytida